Islom Maxaçev navbatdagi jang sanasini elon qildi
27-07-2025, 20:00
667 марта
Islom Maxaçev navbatdagi jang sanasini elon qildiUFC yengil vazn toifasining (-70 kg) sobiq çempioni, 33 yoşli rossiyalik aralaş jang sanati ustasi Islom Maxaçev navbatdagi jangi borasida deyarli kelişuvga erişilganini malum qildi. Bu haqda Çampionat naşri xabar berdi.
— Keyingi jang böyiça 90 foiz kelişuvga erişilgan. Ehtimol, bu jang noyabr oyida bölib ötişi mumkin, — dedi Maxaçev UFC matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Islom Maxaçev sönggi jangini 2025 yil 18 yanvar kuni, UFC 311 turniri doirasida ötkazgan edi. Kaliforniyaning Los-Anjeles şahrida ötgan keçada u braziliyalik Renato Moykanoga qarşi oktagonga çiqib, raqibini birinçi raunddayoq böğiş usuli (submission) bilan mağlubiyatga uçratgan va yengil vazn toifasida öz çempionlik kamarini törtinçi marta himoya qilgan edi.
Maxaçev 2025 yil iyun oyida öz kamarini vakant qoldirib, vazn toifasini özgartirişini malum qilgan.
Maxaçevning noyabr oyidagi jangi kimga qarşi bölişi hozirça rasman elon qilinmagan. Biroq turli naşrlar uşbu jangda raqib avstraliyalik Jek Della Maddalena bölişi mumkinligini taxmin qilmoqda. Sababi, Maddalena öz vazn toifasida çempionlikni qölga kiritganidan söng, Maxaçevni oçiqçasiga jangga çaqirgan edi. Doğistonik sportçi esa bunga:
— Ikki vazn toifasida çempion böliş vaqti keldi, — deb javob bergan.
Şundan söng, ularning ehtimoliy jangi UFC muxlislari orasida katta qiziqiş uyğotmoqda.
Malumot uçun, Jek Della Maddalena UFC’ning yarim örta vazn (-77 kg) toifasida jang qiladi.