Olmaotada dafn joyini onlayn tanlaş imkoni yaratildi
27-02-2026, 06:54
107 марта

Olmaotada dafn joyini onlayn tanlaş imkoni yaratildi
Qozoğistonning Olmaota şahrida dafn marosimlari uçun joy tanlaş va bron qiliş imkonini beruvçi yangi raqamli xizmat – Orynai işga tuşirildi. Bu haqda “Kursiv” xabar berdi.Uşbu platforma qabristonlardagi mavjud uçastkalar haqida malumot beradi hamda arizani onlayn tarzda topşiriş imkonini yaratadi. Fuqarolar xizmat orqali oldindan qabriston haqida malumot olişi, kerakli dafn joyini topişi va uni masofadan turib bron qilişi mumkin. Bu esa ortiqça harajatlar va navbatlarni kamaytirişga xizmat qiladi.
Qabriston xaritasi onlayn texnologiya asosida işlaydi. Foydalanuvçilar joylaşuvni körişi va marşrutni rejalaştirişi mumkin. Malumotlar bazasiga şahardagi yirik qabristonlar kiritilgan.
Kelajakda platformaga “Xotira daraxti” funktsiyasini qöşiş rejalaştirilgan. Bu orqali foydalanuvçilar yaqinlari haqidagi malumotlarni raqamlaştirişi va dafn marosimlari xizmatlariga buyurtma berişi mumkin böladi.
Loyiha Olmaota hokimligi kömagida raqamlaştiriş va “aqlli şahar” dasturi doirasida işga tuşirilgan.