Özbekistonda dafn etiş işlari bosqiçma-bosqiç raqamlaştiriladi
21-11-2025, 21:57
482 марта
Özbekistonda dafn etiş işlari bosqiçma-bosqiç raqamlaştiriladiHukumatning 21 noyabrdagi 735-sonli qarori bilan dafn etiş sohasida raqamlaştiriş jarayonlari yölga qöyiladi.
Qarorga köra, vafot etgan şaxslarni dafn etişga ruxsat beriş, röyxatga oliş va hisob yuritiş tizimi elektron şaklga ötkaziladi. Bu jarayonlar yagona axborot tizimi orqali avtomatlaştiriladi.
2026 yil 1 iyungaça FHDYoning elektron arxivi asosida dafn etiş işlarini röyxatga olişning yagona elektron daftari va uning mobil ilovasi yaratiladi.
2026 yil 1 martdan ölim qayd etilganidan söng marhumning yaqinlari my.gov.uz orqali QR-kodli elektron malumotnomani bepul qabul qiladi. U gerbli guvohnoma bilan teng huquqqa ega böladi.
2026 yil iyul–dekabr oylarida Toşkent şahrida eksperiment ötkaziladi:
Dafnga ruxsat beriş faqat elektron modul orqali amalga oşiriladi;
Qoğozda yuritiladigan röyxatlar bekor qilinadi.