Taşiyevga boğliq kadrlar almaşinuvi: jarayon ortida nimalar turibdi?
27-02-2026, 21:54
95 марта

Taşiyevga boğliq kadrlar almaşinuvi: jarayon ortida nimalar turibdi?
Qirğizistonda Milliy xavfsizlik davlat qömitasi sobiq rahbari Qamçibek Taşiyev istefosidan keyin uning atrofidagi amaldorlar va unga yaqin deb hisoblangan siyosatçilarning bosqiçma-bosqiç lavozimdan olinişi kuzatilmoqda. Sönggi vaqtlarda Qişloq xöjaligi, suv resurslari va qayta işlaş sanoati vaziri Baqit Töraboyev va Soğliqni saqlaş vaziri Qanibek Dösmambetovning istefoga çiqişi bu jarayon navbatdagi bosqiçga ötganini körsatadi.Dastlab jamoatçilik bu holatni şunçaki “Taşiyev jamoasini tozalaş” sifatida qabul qildi. Biroq siyosiy kuzatuvçilar bu jarayon ança murakkab va tizimli özgarişlarning bir qismi ekanini takidlamoqda.
Taşiyevning siyosiy oğirligi
Oxirgi yillarda Qamçibek Taşiyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi rahbari sifatida nafaqat kuç tuzilmalari, balki siyosiy va iqtisodiy jarayonlarga ham sezilarli tasir körsatib kelgan. Uning rahbarligi davrida xavfsizlik idorasi vakolatlari kengaydi, korruptsiyaga qarşi kompaniyalar kuçaydi va köplab yuqori lavozimli şaxslar javobgarlikka tortildi. Natijada Taşiyev atrofida keng tasir doirasi şakllandi. Bu doiraga amaldorlar, parlament azolari, mahalliy rahbarlar va ayrim yirik tadbirkorlar kirgan. Tizim içida şaxsiy sadoqatga asoslangan aloqalar tarmoği paydo böldi. Bu jarayon ongli ravişda qurilgan siyosiy loyiha bölganmi yoki tabiiy ravişda şakllanganmi – bu alohida masala. Ammo amalda Qirğizistonda ikki markazli boşqaruv modeli yuzaga kelgani sezildi. Bu Prezident instituti va Xavfsizlik bloki atrofida şakllangan tasir markazi.
Özgarişlar nega endi boşlandi?
Har qanday prezidentlik tizimida ikkinçi kuç markazining mustaqil ravişda kuçayişi malum bir bosqiçgaça samarali bölişi mumkin. Ayniqsa, inqiroz yoki faol islohotlar davrida kuçli xavfsizlik tizimni tezkor boşqarişga yordam beradi. Biroq vaqt ötişi bilan bu hokimiyatga siyosiy xavf tuğdiradi. Tahlilçilarga köra, aynan şu bosqiçda tizim özini qayta muvozanatlaştirişi lozim böladi.
Qirğizistonda kuzatilayotgan hozirgi kadrlar almaşinuvi prezidentlik vertikalini mustahkamlaş va boşqaruvni markazlaştirişga qaratilgan qadam sifatida baholanmoqda. Yani, şaxsiy yaqinlik yoki aloqalar emas, balki bevosita Prezidentga böysuniş tamoyili ustuvor bölib bormoqda.
Kadrlar almaşinuvi bosqiçlari
Jarayon bir neça bosqiçlarda amalga oşirilmoqda. Birinçi bosqiçda yuqori lavozimli şaxslar istefoga çiqdi. Bu esa tizimda jiddiy özgarişlar bölişini körsatdi. Ikkinçi bosqiçda tasir infratuzilmasi, yani Taşiyevga yaqin vazirlar, deputatlar va boşqa amaldorlar lavozimini tark eta boşladi. Töraboyev va Dosmambetovning istefosi aynan şu bosqiçga töğri keladi. Uçinçi bosqiçda esa quyi darajadagi kadrlar almaşinuvi kuzatilişi aytilmoqda.
Taşiyev jamoasini nima kutmoqda?
Bu borada mutaxassislar uçta ehtimoliy stsenariyni ilgari surmoqda. Bazi amaldorlar yangi siyosiy talablarga moslaşib, tizimda qolişi mumkin. Bunda şaxsiy sadoqat emas, balki institutsional sadoqat muhim böladi. Şuningdek, xavfsizlik markaziga juda yaqin bölgan şaxslar siyosatdan çetlaştirilişi mumkin. Ular biznes yoki boşqa faoliyat yönalişiga ötadi. Ayrim siyosatçilar esa vaziyatni real baholab, özlari maydonni tark etadi. Bu keskin töqnaşuvning oldini oladi.