USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Afğoniston Pokistondagi yadroviy obektga zarba berdi – OAV

57 марта

Afğoniston Pokistondagi yadroviy obektga zarba berdi – OAV

Afğoniston harbiylari Pokistondagi yadroviy obektga hujum qildi. Bu haqda afğon telekanali “Ariana News” xabar berdi.

Telekanal malumotiga köra, zarbalar Xayber-Paxtunxva viloyati, Abbottobod tumani yaqinidagi obektlarga yönaltirilgan. Xususan, nişonlar orasida yadroviy poligon hamda Pakistan Military Academy (PMA) bölgan. Akademiya Kakulda joylaşgan bölib, Pokiston Quruqlik qöşinlari uçun ofitserlar tayyorlaydigan asosiy harbiy öquv markazi hisoblanadi. Telekanal “yuzlab halok bölganlar va yaradorlar” haqida xabar bergan, jabrlanganlar şifoxonalarga yetkazilgani aytilgan.

“Tolibon” Abbottoboddagi zarbalarni tasdiqlagan. Şuningdek, zarbalar Faysalobod yaqinidagi harbiy lagerga hamda Jamruddagi bazaga berilgani malum qilingan. Afğon tomoni bu harakatlarni avvalroq Qobul, Qandahor va Paktiyaga berilgan zarbalarga javob sifatida izohlagan.

Malumot uçun, dunyo böyiça töqqizta yadroviy davlat mavjud. Ularning beştasi – Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQŞ va Frantsiya – 1968 yildagi Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnoma doirasida rasman tan olingan. Şartnoma imzolangandan keyin yadroviy sinov ötkazgan davlatlar – Hindiston, Şimoliy Koreya va Pokiston – norasmiy yadroviy davlatlar hisoblanadi. Isroil esa alohida holat bölib, uning yadroviy sinovlari haqida işonçli malumotlar mavjud emas.

24 fevraldan boşlab ikki davlat örtasida çegara hududlarida qurolli töqnaşuvlar yana kuçaygan. 26 fevral kuni Afğoniston çiziği böylab keng kölamli harbiy operatsiya boşlagan. OAV malumotiga köra, afğon tomoni öz havo hududiga kirgan Pokiston samolyotini urib tuşirgan.

Pokiston Mudofaa vaziri Xoja Osif öşa kuni Afğonistondagi toliblar hukumatiga nisbatan “oçiq uruş” elon qilinganini aytgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: