Pokiston Afğonistonga oçiqdan oçiq uruş boşladi
27-02-2026, 10:11
521 марта

Pokiston Afğonistonga oçiqdan oçiq uruş boşladi
Bugun, 27 fevral kuniga ötar keçasi Pokiston harbiy-havo kuçlari Afğoniston hududiga, jumladan poytaxt Qobul şahriga aviazarbalar berdi. Bu haqda Pokiston Mudofaa vaziri Xoja Osif X ijtimoiy tarmoğida malum qilib, bir neça oylik qurolli töqnaşuvlardan söng keskinlik “oçiq uruş” bosqiçiga ötganini bildirdi.Pokiston axborot vaziri Attaulla Taror ham zarbalar Qobul, şuningdek Paktiya va Qandahor viloyatlaridagi nişonlarga berilganini tasdiqlagan. Keyinçalik Boş vazir Şahboz Şarif Pokiston Qurolli kuçlari har qanday tajovuzkor harakatni qatiy bartaraf etişga qodir ekanini takidlagan.
Ötgan hafta ham Pokiston Afğoniston hududiga tungi aviazarbalar bergan edi. “Tolibon” malumotiga köra, öşanda kamida 18 kişi, jumladan ayollar va bolalar halok bölgan. Islomobod esa zarbalar Pokiston hududida sodir etilgan xudkuşlik hujumlariga javoban, çegaraga yaqin joylaşgan guruh lagerlariga qaratilganini bildirgan.
26 fevral kuni afğon toliblari çegaradagi postlarga “keng kölamli hujum” uyuştirganini va köplab pokistonlik harbiylar öldirilganini davo qilgan. Pokiston rasmiylari hozirça ikki nafar harbiyning halok bölganini tasdiqlagan.
Sönggi oylar davomida Afğonistondagi toliblar hukumati bilan Pokiston örtasidagi munosabatlar keskin yomonlaşgan. Islomobod qöşni davlatni öz hududida terrorçilik hujumlarini amalga oşirayotgan qurolli guruhlarga qarşi yetarli çoralar körmayotganlikda ayblamoqda. “Tolibon” esa bu ayblovlarni rad etmoqda.
2025 yil kuzida Islomobod Qobuldan Tehrik-i-Tolibon Pokiston (TTP) guruhiga qarşi qatiy çoralar körişni talab qilgan. Uşbu guruh Pokistondagi qurolli islomiy tuzilma bölib, afğon toliblari bilan yaqin aloqalarga ega.
Oktyabr oyida Qobulda yuz bergan ikki portlaş uçun toliblar Islomobodni ayblagan, şundan söng afğon kuçlari çegaradagi pokistonlik harbiylarga qarata öt oçgan. Bunga javoban Pokiston armiyasi oğir artilleriya, tanklar, uçuvçisiz uçiş apparatlari va qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda zarbalar bergan.