AQŞ va Isroil operatsiyasi oylab davom etişi mumkin
28-02-2026, 13:31
75 марта

AQŞ va Isroil operatsiyasi oylab davom etişi mumkin
Bugun, 28 fevral kuni Eronga qarşi AQŞ va Isroil tomonidan amalga oşirilgan qöşma harbiy operatsiya bir neça oy davom etişi rejalaştirilgan. Bu haqda Isroil xavfsizlik manbasi 12-kanalga malum qildi.Manbaga köra, operatsiya ikki davlat örtasida yaqin hamkorlikda işlab çiqilgan va tomonlar barça bosqiçlarni oldindan muvofiqlaştirgan. Takidlanişiça, Isroil mazkur operatsiyada qölidan kelgan barça imkoniyatlarni işga soladi. AQŞ esa bu jarayonda töliq qöllab-quvvatlaydi.
Malumotlarga köra, qöşma hujumning dastlabki bosqiçi tört kun davom etişi rejalaştirilgan. Xabarlarga köra, birinçi zarbalar ertalabki vaqtga ataylab belgilangan. Bu vaqt tanlanişidan maqsad – Eron tomonini kutilmagan vaziyatga soliş bölgan. Takidlanişiça, Eron tomoni ehtimoliy hujumni asosan tungi vaqtda kutgan, şu bois kunduzgi zarbalar ularni hayratda qoldirişga qaratilgan strategik qadam sifatida baholanmoqda.
Ayni paytda, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron bilan olib borilgan muzokaralar jarayonidan norozi ekanini bildirgan. U Eronning yadroviy qurolga ega bölişiga qatiyan qarşi ekanini yana bir bor takidlab, Tehron uranni boyitiş imkoniyatiga ham ega bölmasligi kerakligini aytgan.