“Isroilning abadiyligini taminlaymiz”. Netanyaxu bayonot bilan çiqdi
28-02-2026, 14:30
74 марта

“Isroilning abadiyligini taminlaymiz”. Netanyaxu bayonot bilan çiqdi
Isroil va AQŞning Eronga qarşi qöşma operatsiyasi Eron terror rejimi keltirib çiqarayotgan tahdidni bartaraf etişga qaratilgan. Bu haqda bugun, 28 fevral kuni Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu bayonot bilan çiqdi.“Mening birodarlarim, Isroil fuqarolari, bugun Isroil va AQŞ Erondagi terror rejimi keltirib çiqaradigan ekzistentsial tahdidlarni bartaraf etiş böyiça operatsiya boşladi. Döstimiz, Prezident Donald Trampga “tarixiy yetakçilik” uçun minnatdorlik bildiraman”, degan Boş vazir.Netanyaxu maxsus murojaatida sönggi 47 yil davomida Eron rahbariyati Isroil va AQŞga qarşi oçiq tahdidlar qilgan hamda mintaqada zöravonlik siyosatini yuritganini aytgan.
“Biz Eronni butun insoniyatga tahdid solişi mumkin bölgan yadro quroli bilan qurollanişiga yöl qöymasligimiz kerak”, deydi Netanyaxu.Uning bildirişiça, operatsiya Eronning yadro salohiyatini çeklaş va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaşni maqsad qilgan. Şuningdek, Isroil hukumati Eron xalqining öz taqdirini mustaqil belgilaşi uçun şaroit yaratişga umid qilmoqda.
Netanyaxu murojaatida Eron jamiyatining turli qatlamlariga – forslar, kurdlar, ozarbayjonlar, balujlar va ahvoziylar vakillariga alohida töxtalib, ularni “istibdod böyinturuğini uloqtirib taşlab, erkin va tinçlikka intilayotgan Eronni barpo etişga” çaqirdi.
Boş vazir Isroil fuqarolarini Içki front qömondonligi körsatmalariga qatiy rioya qilişga davat etdi.
“Biz birgalikda kuraşamiz va birgalikda Isroilning abadiyligini taminlaymiz”, deya sözini yakunlagan Netanyaxu.