Isroil Eronga hujum qiladimi? Netanyaxu Putin orqali xabar yölladi
6-01-2026, 11:21
568 марта

Isroil Eronga hujum qiladimi? Netanyaxu Putin orqali xabar yölladi
Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan Tehronga Isroil Eron Islom Respublikasiga hujum qiliş niyatida emasligi haqidagi xabarni yetkazişni söragan. Bu haqda “Kan News” xabar berdi.Naşrning diplomatik manbalarga tayanib yozişiça, Isroil va Eron örtasidagi keskinlik fonida Putin va Netanyaxu yaqinda bir neça bor telefon orqali muloqot qilgan. Uşbu qisqa muloqotlar davomida Netanyaxu Putinga Isroilning Eronga hujum qiliş niyati yöqligini aytgan va buni Tehronga yetkazişini söragan.
Ikki yetakçining sönggi telefon suhbati haqida Kreml 15 noyabr kuni malum qilgan. Öşanda ular Ğazodagi öt oçişni töxtatiş masalasi, Eronning yadroviy dasturi va Suriyadagi vaziyatni barqarorlaştiriş masalalarini muhokama qilgan. Bir oy avval Vladimir Putin Rossiya Isroildan Eron bilan qarama-qarşilikka qiziqiş yöqligi haqida signal olayotganini aytgan edi. Bu Isroilning Eronga hujum qiliş xohişi sönganini yana bir bor körsatib berdi.
Malum qilinişiça, Isroil hukumati Tehronning Isroil hududiga birinçi bölib zarba berişi mumkinligidan xavotirda. Netanyaxuning bu murojaati aynan şunday stsenariyning oldini olişga qaratilgan.
Qayd etiş joiz, 5 yanvar kuni Netanyaxu Tehron tomonidan böladigan har qanday hujum “jiddiy oqibatlarga” olib kelişini aytdi. Uning sözlariga köra, Isroil hukumati va AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron va umuman mintaqaviy masalalar böyiça bir xil pozitsiyaga ega.
Putin esa Tehron tinç maqsadlarda yadroviy texnologiyalardan foydalaniş huquqiga ega ekanini aytib, Moskva buni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirgan. U 2025 yil yozida AQŞning Eronga bergan zarbalarini asossiz tajovuz deb atagan.