USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp Xomanaiy öldirilganini elon qildi

297 марта

Tramp Xomanaiy öldirilganini elon qildi

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy öldirilganini elon qildi. Bu haqda u özining Truş Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozdi.​

“Tarixdagi eng yovuz insonlardan biri bölgan Xomanaiy vafot etdi. Bu nafaqat Eron xalqi uçun, balki barça buyuk amerikaliklar hamda dunyoning köplab mamlakatlarida Xomanaiy va uning qonxör bosqinçi tödasi tomonidan öldirilgan yoki mayib qilingan insonlar uçun ham adolat tantanasidir. U bizning razvedkamiz va öta yuqori texnologiyali kuzatuv tizimlarimizdan qoçib qutula olmadi. Isroil bilan yaqin hamkorlikda amalga oşirilgan işlardan söng, na uning va na u bilan birga öldirilgan boşqa rahbarlarning qölidan biror narsa kelmadi.
Bu Eron xalqi uçun öz mamlakatini qaytarib oliş uçun yagona va eng buyuk imkoniyatdir. Bizga yetib kelayotgan xabarlarga köra, köplab Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi azolari, harbiylar hamda boşqa xavfsizlik va politsiya kuçlari endi jang qilişni xohlamayaptilar va bizdan daxlsizlik söraşmoqda. Keça keçqurun aytganimdek: “Hozir ular daxlsizlik olişlari mumkin, keyin esa faqat ölim topadilar!”
Umid qilamanki, Islom inqilobi qöriqçilari korpusi va politsiya Eron vatanparvarlari bilan tinç yöl bilan birlaşadi va mamlakatni özi loyiq bölgan buyuklikka qaytariş uçun bir jamoa bölib mehnat qiladi. Bu jarayon tez orada boşlanişi kerak, çunki nafaqat Xomanaiyning ölimi bilan, balki butun mamlakat atigi bir kun içida juda katta vayronaga aylandi, hatto yer bilan yakson qilindi. Biroq aniq nişonga olingan kuçli bombardimonlar butun hafta davomida yoki Yaqin Şarqda va aslida butun dunyoda tinçlikka erişiş maqsadimiz amalga oşmagunça töxtovsiz davom etadi! Uşbu masalaga etiboringiz uçun rahmat. Prezident Donald J. Tramp”, deb yozdi u.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: