Netanyaxu tirik. U xavfsizlik böyiça yopiq uçraşuv ötkazdi
2-03-2026, 23:15
261 марта

Netanyaxu tirik. U xavfsizlik böyiça yopiq uçraşuv ötkazdi
Bugun, 2 mart kuni Eron tomonidan Isroil hududidagi hukumat obektlariga uyuştirilgan navbatdagi raketa hujumlaridan söng halok bölgani aytilayotgan Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu ommaga köriniş berdi. Bu haqda “The Jerusalim Post” xabar berdi.Netanyaxu sobiq boş vazir Naftali Bennet va muxolifat yetakçisi Yair Lapid bilan birga Bayt-Şemeş şahrida Isroil-AQŞ qöşma operatsiyasi yuzasidan xavfsizlik böyiça yopiq uçraşuv ötkazdi. Ular Eronga qarşi olib borilayotgan operatsiyani qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
Boş vazir jurnalistlarga bergan intervyusida operatsiya qatiy davom etişini takidlagan. Uning aytişiça, bu kuraş nafaqat Isroil, balki butun insoniyat uçun ahamiyatga ega. Şuningdek, u Eron xalqini zulmdan xalos böliş kuni yaqinlaşayotganini aytgan.
“Eron xalqi zulm böyinturuğini yeçib yuboradigan kun yaqinlaşmoqda. Bu insoniyat uçun kuraş”, degan Netanyaxu.