«Boylar ham yiğlaydi»: Yaqin Şarqdan ketiş çiptasi 350 ming dollargaça qimmatlaşdi
3-03-2026, 10:11
358 марта

«Boylar ham yiğlaydi»: Yaqin Şarqdan ketiş çiptasi 350 ming dollargaça qimmatlaşdi
Yaqin Şarqdagi harbiy keskinlik fonida badavlat şaxslar va yuqori martabali rahbarlar mintaqani tark etiş uçun xususiy samolyotlarga yuz minglab dollar sarflamoqda. Bu haqda Semafor naşri xabar berdi.AQŞ va Isroilning Eronga qarşi harbiy kampaniyasi hamda bu mamlakatning javob zarbalari oqibatida mintaqadagi eng yirik Dubay aeroporti yopildi va Ar-Riyod asosiy evakuatsiya xabiga aylandi. Saudiya Arabistoni poytaxtida joylaşgan aeroport mintaqada yopilmagan kam sonli havo portlaridan biri bölib turibdi, şu bois Fors körfazi mamlakatlaridan boy odamlar va yuqori martabali rahbarlarni evakuatsiya qiliş uçun asosiy yönalişga aylandi.
Manbalarga köra, xususiy qöriqlaş kompaniyalari Dubaydan (BAA) odamlarni Ar-Riyodga taşiş uçun yöltanlamas maşinalarga buyurtma bermoqda. Bunday sayohat 10 soat davom etadi. Ular Ar-Riyoddan xususiy samolyotlarni yollab, odamlarni mintaqadan olib ketişmoqda. Ar-Riyoddan Yevropaga şaxsiy samolyotlarda uçiş narxi hozir 350 ming dollarga yetgan, deyiladi xabarda.