Dubay aeroportiga dron zarbasi oqibatida 4 kişi jabrlandi
1-03-2026, 05:19
339 марта

Dubay aeroportiga dron zarbasi oqibatida 4 kişi jabrlandi
Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahri aeroportiga Eron dronlari hujumi oqibatida tört kişi jarohat oldi. Bu haqda şahar hokimiyati xabar berdi.“Tört kişi tan jarohati oldi va ularga zudlik bilan tibbiy yordam körsatildi”, deyiladi xabarda.
Dubay xalqaro aeroporti dron hujumi oqibatida şikastlangan. Havo bandargohi vakillari zarbani tasdiqlab, aeroport yengil darajada zarar körganini malum qilgan.
Dubay xalqaro aeroporti hamda Dubai World Central – Al-Maktum aviatsiya xabidagi barça reyslar töxtatilgan. Bu haqda aeroportlar boşqarmasi saytida elon qilingan malumotda keltirilgan.
Hujum fonida Birlaşgan Arab Amirliklarida raketa xavfi haqida SMS-ogohlantirişlar yuborila boşlangan. Signal yuborilganidan bir neça daqiqa ötib, Abu-Dabidagi “Rixos Marina Abu Dhabi” mehmonxonasida evakuatsiya boşlangan.