29 mamlakat rahbarlari 9 mayda Moskvaga boradi(Töliq röyxat)
7-05-2025, 09:15
1 698 марта

29 mamlakat rahbarlari 9 mayda Moskvaga boradi
Moskvada 9 may kuni bölib ötadigan Ğalaba paradida 29 ta mamlakat oliy darajada iştirok etadi. Ular orasida qisman tan olingan Falastin, Abxaziya va Janubiy Osetiya ham bor, deya malum qildi Rossiya prezidentining yordamçisi Yuriy Uşakov.Hindiston, Nikaragua va JAR «ança yuqori darajada» qatnaşadi. Bundan taşqari, Kreml tadbirga KXDR va AQŞ elçilarini, ŞHT, MDH, YeOII, KXŞT, Islom hamkorlik taşkiloti, Rossiya va Belarus ittifoqçi davlati, Afrika ittifoqi komissiyasi boş kotiblarini, Yangi taraqqiyot banki prezidenti hamda 34 mamlakat mudofaa vazirlarini taklif qilgan, dedi u.
Qizil maydondagi paradda Rossiya harbiylari qatorida 13 mamlakat harbiylari saf tortib ötadi: Ozarbayjon, Vetnam, Belarus, Misr, Qozoğiston, Xitoy, Qirğiziston, Laos, Möğuliston, Myanma, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston.