Tayvanlik talaba ketma-ket 4 kun kompyuter öynagani uçun vafot etdi
5-03-2026, 13:04
169 марта

Tayvanlik talaba ketma-ket 4 kun kompyuter öynagani uçun vafot etdi
Tayvanlik talaba tört kun va uç keça davomida kompyuter öyinlarini öynagani uçun soğliği yomonlaşib, vafot etdi. Bu haqda “Oddity Central” naşri xabar berdi.Xabarlarga köra, törtinçi kuni talaba hojatga bormoqçi bölganida, birdan oğriqdan qiçqirib, özini yöqotgan holda yerga qulagan. Şifokorlar uning miyadagi arteriya yorilişi natijasida katta qon ketişi yuzaga kelganini aniqlagan.
Favqulodda jarrohlik amaliyoti ötkazilganiga qaramay, talabaning holati oğirligiça qolgan. U suniy nafas oliş apparatiga ulangan va qon bosimini meyorda uşlaş uçun dorilar berilgan. Körilgan zarur çoralarga qaramay, talaba bir neça oy ötib vafot etgan.
Şifokorlar bunday hodisalarni ketma-ket uzoq vaqtli kompyuter öyinlaridan kelib çiqadigan xavf sifatida baholamoqda. Uzoq vaqt ekran qarşisida qoliş nafaqat soğliq uçun, hatto inson hayotiga ham xavf solişi mumkinligi takidlanmoqda.