AQŞda sodir bölgan otişmada özbekistonlik talaba halok böldi
15-12-2025, 09:46
1 174 марта
AQŞda sodir bölgan otişmada özbekistonlik talaba halok böldiAQŞning Rod-Aylend ştatida joylaşgan Braun universiteti kampusida sodir bölgan qurolli hodisa oqibatida Özbekiston fuqarosi, talaba Muhammadaziz Umurzoqov vafot etdi.
Özbekiston Taşqi işlar vazirligiga köra, hozirda mamlakatning AQŞdagi diplomatik vakolatxonalari mazkur voqeani nazoratga olgan. Ular halok bölgan talabaning yaqinlari bilan aloqada bölib, Amerika tomoni bilan zarur taşkiliy va huquqiy masalalar böyiça iş olib bormoqda.
Hodisa davomida yana bir neça kişi tan jarohati olgan. Ularning ayrimlari şifoxonadan çiqarilgan, boşqalarining ahvoli esa şifokorlar nazoratida qolmoqda.
AQŞ huquq-tartibot idoralari otişmada gumonlanuvçi sifatida 24 yoşli şaxsni hibsga olganini malum qildi. Hozirda hodisaning barça tafsilotlari aniqlanmoqda.