Qozoğistondagi YTHda ikki özbekistonlik halok böldi
7-12-2025, 16:13
371 марта

Qozoğistondagi YTHda ikki özbekistonlik halok böldi
Bugun, 7 dekabr kuni Qozoğistonning Aqtöbe viloyatida yuz bergan yöl-transport hodisasida Özbekistonning ikki fuqarosi vafot etdi. Bu haqda Özbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.Qayd etilişiça, soat 08:57 da Aqtöbe viloyatining Aytekebi tumanidan ötgan respublika ahamiyatiga ega avtomobil yölining 1028 kilometrida “Perm-Toşkent” yönalişida harakatlangan Yutong rusumli avtobus yon tomonga ariqqa ağdarilib, yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Oqibatda avtobusda bölgan 49 yölovçidan 5 nafari vafot etgan, ulardan 2 nafari özbekistonlik bölgan.
Xabarda aytilişiça, FVV Qozoğistonning masul vazirlik va idoralari bilan birgalikda işçi guruh tuzgan holda, YTH oqibatida vafot etganlarni Özbekistonga olib keliş va ularning oila azolariga dafn marosimlarini ötkazişda har tomonlama yordam körsatiş böyiça barça zarur çoralarni körmoqda.
“Hozirda Favqudodda vaziyatlar vazirligining masul xodimlari qozoğistonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bölib, baxtsiz hodisani kelib çiqiş sabablarini örganiş böyiça hamkorlik işlarini olib bormoqda”, deyilgan vazirlik xabarida.