Frantsiyaning yagona aviataşuvçisi Örta yer dengiziga yuborildi
5-03-2026, 22:54
51 марта

Frantsiyaning yagona aviataşuvçisi Örta yer dengiziga yuborildi
Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron Eron atrofidagi vaziyat keskinlaşgani ortidan mamlakatning yagona aviataşuvçisi — “Şarl de Goll” kemasi Örta yer dengizining şarqiy qismiga yöl olganini malum qildi. Uning sözlariga köra, hamroh sifatida fregatlar va havo kuçlari ham mintaqada xavfsizlikni taminlaş maqsadida jönatilgan. Kema avval Şimoliy Atlantika va Boltiq dengizi hududida NATO maşqlarida iştirok etayotgan edi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.2001 yildan beri xizmat qilayotgan “Şarl de Goll” Frantsiya harbiy-dengiz kuçlarining eng qudratli kemasi hisoblanadi. U AQŞ flotidan taşqari dunyodagi yagona atom reaktori bilan harakatlanuvçi aviataşuvçidir. Uzunligi 261 metr, oğirligi 42,5 ming tonna bölgan kema ikkita K15 yadroviy reaktori bilan işlaydi va uzoq muddat yoqilği quymasdan harakatlaniş imkoniga ega.
Aviataşuvçi odatda 20-30 ta samolyotni qabul qiladi. Hozirgi missiya doirasida unda 20 ta “Rafal M” qiruvçi samolyoti va ikkita “E-2C Hawkeye” erta ogohlantiruv samolyoti joylaştirilgan. “Rafal” samolyotlari 500 kilometrdan ortiq masofaga zarba beruvçi “SCALP” raketalari, kemalarga qarşi “Exocet” raketalari va havo jangi uçun Meteor raketalari bilan jihozlangan.
Kemaning özi esa havo mudofaasi uçun “Aster-15” raketalari, avtomatik töplar va elektron kuraş tizimlari bilan taminlangan. Aviataşuvçining asosiy vazifasi töğridan-töğri dengiz jangi emas, balki havo hujum imkoniyatlarini taminlaşdir.
“Şarl de Goll” ilgari ham bir qator harbiy operatsiyalarda iştirok etgan. Ular orasida Afğonistondagi operatsiyalar, 2011 yil Liviya amaliyoti, 2015-2019 yillarda Suriya va Iroqda “Islomiy davlat”ga qarşi kampaniya hamda Hind okeanidagi missiyalar bor.