Erondagi uruş fonida TIV rahbarlari Istanbulda yiğiladi
7-03-2026, 14:16
86 марта

Erondagi uruş fonida TIV rahbarlari Istanbulda yiğiladi
Bugun, 7 mart kuni Turkiyaning Istanbul şahrida Turkiy davlatlat taşkilotiga azo mamlakatlar Taşqi işlar vazirlari kengaşining norasmiy yiğilişi bölib ötadi. Bu haqda “Hürriyet” naşri xabar berdi.Qayd etilişiça, uçraşuvga Turkiya Taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan mezbonlik qiladi. Unda taşkilotga azo davlatlar – Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston taşqi işlar vazirlari hamda taşkilot boş kotibi iştirok etadi.
Manbalarga köra, Fidan turkiy dunyoni AQŞ, Isroil va Eron iştirokidagi davom etayotgan mojarolar, şuningdek, uçinçi davlatlarga qaratilgan hujumlar masalasida umumiy pozitsiya şakllantirişga çaqirişi kutilmoqda.
Yiğilişda mintaqaviy va global vaziyat, turkiy davlatlar örtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlaş, institutsional hamkorlikni rivojlantiriş hamda turkiy dunyo integratsiyasini çuqurlaştirişga qaratilgan qöşma taşabbuslar muhokama qilinadi.
Tadbir doirasida vazirlar örtasida ikki tomonlama uçraşuvlar ham bölib ötadi. Şuningdek, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan taşrif buyurib, vazirlar uçun rasmiy qabul marosimi ötkazişi kutilmoqda.