USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Hindiston Pokiston böylab zarbalar seriyasini amalga oşirdi. Asosiy malumotlar

328 марта
Hindiston Pokiston böylab zarbalar seriyasini amalga oşirdi. Asosiy malumotlar


Pokiston hukumati Hindiston zarbalari oqibatida önlab kişilar halok bölgani, javob zarbalari yöllagani, hindlarning beşta samolyoti urib tuşirilganini xabar qilgan. Hindiston hududida ham qurbonlar bor.

Hindiston Pokistonga va Kaşmirning pokistonliklar tomonidan nazorat qilinadigan qismiga zarbalar yölladi. Bu rasmiy Dehli Islomobodni Kaşmirning Hindiston nazoratidagi qismida sayyohlarga hujum qilgan jangarilarni qöllab-quvvatlaşda ayblaganidan ikki hafta ötib röy berdi. Öşanda 26 kişi halok bölgandi. Pokiston hukumati bunday ayblovni rad etgan.
«Hindiston qurolli kuçlari „Sindur“ amaliyotini boşlab, Pokistonga hamda Pokiston okkupatsiya qilgan Jammu va Kaşmirdagi terrorçilik infratuzilmasiga zarbalar berdi, u yerdan Hindistonga qarşi terrorçilik hujumlari rejalaştirilgan va yönaltirilgan», – deyiladi Hindiston armiyasi bayonotida.


Hindiston rasmiylari amaliyot doirasida töqqizta obekt aniq nişonga olinganini elon qilgan, Pokiston rasmiylari buni rad etmoqda.

«Bizning harakatlarimiz maqsadli, vazmin va eskalatsiya keltirib çiqaruvçi xarakterda emasdi. 
Pokistonning birorta harbiy obektiga hujum qilinmagan. Hindiston nişonlarni va ularga zarba beriş usullarini tanlaşda jiddiy vazminlik namoyiş etdi», – deyiladi bayonotda.
Reuters agentligi Hindiston harbiy doiralaridagi anonim manbaga asoslanib raketa zarbalari jangari guruhlar bazalariga yöllanganini xabar qilgan.

Pokiston armiyasi esa zarbalar terrorçilarga emas, balki tinç aholi yaşaydigan hududlarga berilganini malum qildi. Harbiylar malumotiga köra, Hindiston samolyotlari öz havo hududidan turib raketa uçirgan.
Sönggi xabarlarga köra, Hindiston zarbalari oqibatida Pokistonda 26 kişi halok bölgan, 46 kişi yaralangan, ikki kişi bedarak yöqolgan. Avvalroq Pokiston armiyasi matbuot kotibi Ahmad Şarif BBC uçun izohida qurbonlar orasida ikki bola borligini aytgandi.
Şarifning aytişiça, raketalardan biri masjid hududiga kelib tuşgan.

Pokiston xavfsizlik kuçlari zarbaga uçragan Muzaffarobod şahri hududini örab olgan
Pokiston boş vaziri Muhammad Şahboz Şarif öz bayonotida Hindistonga javob qaytarilişini vada qildi.
«Makkor duşman Pokistondagi beşta joyga qabihona zarba berdi. Pokiston tegişli javob berişga töla haqli va bu tegişli javob allaqaçon berilmoqda», - dedi boş vazir.

Keyinroq, çorşanbaga ötar keçasi Pokiston armiyasi matbuot xizmati aniqlik kiritib, Hindiston oltita nuqtaga turli qurollar bilan jami 24 ta alohida zarba berganini malum qildi.
Pokiston harbiylari vakili Islomobod «öziga qulay vaqtda va qulay joyda javob berişi»ni bildirdi.
«Harbiy havo kuçlarimizning barça qiruvçi samolyotlari havoga kötarildi. Bu Hindiston havo hududidan amalga oşirilgan şarmandali va qörqoqona hujumdir», – dedi u.

Hindiston tomoni xabar berişiça, Pokiston armiyasi Kaşmirdagi ajratiş çiziğida artilleriyadan öt oçgan.

Keyinroq, çorşanbaga ötar keçasi Pokiston armiyasi matbuot kotibi Pokiston Hindistonning beşta jangovar samolyotini, jumladan, frantsuzlar işlab çiqargan Rafale rusumli qiruvçi hamda sovetlarga mansub Su-30MKI va MiG-29 samolyotlarini urib tuşirganini aytdi. Hindiston tomoni hozirça bu malumotni tasdiqlamagan va rad etmagan.
Bundan taşqari, Pokiston armiyasi Hindiston brigadalaridan birining ştab-kvartirasini yöq qilganini davo qilmoqda.



Pokiston BMT Xavfsizlik kengaşiga «Hindistonning oçiq tajovuzi»ga javob beriş huquqini özida saqlab qolişini malum qildi.
Hindiston armiyasi matbuot xizmati çorşanba kuni ertalab BBC’ga bergan izohida Pokistonning artilleriya zarbalari oqibatida Kaşmirning Hindiston tomonidan nazorat qilinadigan qismida uç kişi halok bölib, önlab kişilar yaralanganini malum qildi.
Hindiston hukumati nazorat çiziği böylab joylaşgan hududlardagi barça talim muassasalarini yopdi. Pokiston ham poytaxt Islomobod (nazorat çiziğiga yaqin joylaşgan) va boşqa çegara hududlaridagi maktablarni yopgan.
Hindiston naşrlarida yozilişiça, çorşanba kuni ertalab Hindiston mudofaa vaziri Rajnat Singh quruqlikdagi kuçlar, aviatsiya va flot qömondonlari bilan Pokistonga berilgan zarbalarni muhokama qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: