Tramp uruşdan keyin Eron xaritasi özgarişi mumkinligini aytdi
8-03-2026, 15:53
196 марта

Tramp uruşdan keyin Eron xaritasi özgarişi mumkinligini aytdi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp AQŞ va Isroil bilan uruşdan keyin Eronning hududiy çegaralari özgarişi mumkinligini taxmin qildi. Bu haqda u keça, 7 mart kuni Air Force One bortida jurnalistlar bilan suhbatda söz oçdi.Trampdan uruşdan keyin Eron xaritasi avvalgidek qoladimi, deb söraşganda, u: “Buni sizga ayta olmayman. Ehtimol, yöq”, deb javob bergan.
Bundan taşqari, Tramp Eronning yangi yetakçisi sifatida “eronliklarni uruşga tortmaydigan” şaxs bölişini afzal körişini aytgan.
“Ha. Buni amalga oşiriş uçun har beş yoki ön yilda qaytib kelişimiz şart emas. Biz ularni [eronliklarni] uruşga tortmaydigan yetakçini tanlaşni xohlaymiz”, dedi Prezident Amerika tomoni Eronning navbatdagi rahbarini tanlaşda iştirok etişni xohlaydimi degan savolga javoban.
The New York Times naşrining yozişiça, Oliy rahbarlik lavozimiga asosiy nomzod sifatida Ali Xomanaiyning ikkinçi öğli, 56 yoşli Mujtabo körilmoqda.
Tramp Mujtaboning nomzodini “qabul qilib bölmas” deb atagan. U AQŞ “beş yildan keyin” yana uruşga kirmasligi uçun özidan oldingi rahbarning siyosatini davom ettiradigan yetakçi tayinlanişini xohlamasligini bildirgan.