Erondagi vaziyat sabab neft narxi keskin qimmatlab ketdi
9-03-2026, 12:16
83 марта

Erondagi vaziyat sabab neft narxi keskin qimmatlab ketdi
Yaqin Şarqdagi keskin geosiyosiy vaziyat tufayli Brent markali neft narxi barreli uçun qariyb 120 dollarga yaqinlaşdi. Bu körsatkiç 2022 yil iyun oyidan beri birinçi marta kuzatilmoqda.Bugun, 9 mart kuni savdolar oçilişi bilan Brent neftining may oyi fyuçerslari ICE London birjasida keskin qimmatlaşgan. Toşkent vaqti bilan soat 07:33 holatiga köra, narx 28,92 foizga ösib, barreli 119,5 dollarga yetdi. Keyinçalik ösiş surati biroz sekinlaşib, soat 09:25 holatiga köra narx 25,16 foizga kötarilib, 116,01 dollar atrofida şakllandi.
Neft narxining keskin oşişiga AQŞ va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarşi boşlagan harbiy operatsiya sabab bölgani aytilmoqda. Bu mojaro oqibatida bir neçta davlatlar ham qarama-qarşilikka jalb qilindi. Eron esa javob tariqasida Isroil va Fors körfazi davlatlaridagi AQŞ bazalariga raketa hamda dronlar bilan zarba bergan.
Harbiy harakatlar boşlanganidan keyin dunyo neft taşişining eng muhim yöllaridan biri bölgan Hormuz böğozi yopildi. Bu yölak orqali jahonda işlab çiqarilayotgan neftning taxminan 20 foizi taşilar edi.
Hormuz böğozi nafaqat Eron, balki Bahrayn, Iroq, Qatar, Kuvayt, Saudiya Arabistoni va Birlaşgan Arab Amirliklari uçun ham asosiy neft eksport yöli hisoblanadi. Malumotlarga köra, bu yölak orqali kuniga taxminan 13,4 million barrel neft taşilgan.
Tahlilçilarga köra, mart oyi boşidan beri neft narxi 60 foizdan köproqqa oşgan. Global Risk Management boş tahlilçisi Arne Rasmussen bozor uruş qança davom etişini kam baholaganini takidlab, treyderlar xavfni anglay boşlagani sari “qor töpi effekti” yuzaga kelganini aytdi.
Qatar Energetika vaziri Saad Şerida al-Kaabiy tankerlar Hormuz böğozi orqali öta olmasa, ikki-uç hafta içida neft narxi barreli uçun 150 dollargaça çiqişi mumkinligini bildirdi. U şuningdek tabiiy gaz narxi ham keskin oşib, 1 megavatt-soat uçun 117 yevro (ming kub metr uçun taxminan 1420 dollar)gaça yetişi mumkinligini aytdi.
JPMorgan boş iqtisodçisi Bryus Kasman esa jahon iqtisodiyoti hali ham Yaqin Şarqdan neft va gaz yetkazib berişga katta darajada boğliqligini takidladi. Uning fikriça, qisqa muddatda neft narxi 120 dollargaça kötarilişi mumkin, keyin esa vaziyat biroz tinçisa barqarorlaşişi ehtimol.