Xonanda Riannaning uyi öqqa tutildi
9-03-2026, 14:17
52 марта

Xonanda Riannaning uyi öqqa tutildi
AQŞning Los-Anjeles şahrida amerikalik xonanda Riannaning uyi maşina içidan turib öqqa tutildi. Hodisa sodir bölgan vaqtda xonanda uyda bölgan. Bu haqda Los-Anjeles politsiyasiga tayanib, NBC News xabar berdi.Qayd etilişiça, keça, 8 mart kuni tuşdan keyin Riannaning Beverli-Xillz yaqinidagi uyiga bir ayol boşqarayotgan maşina yaqinlaşgan. Huquq-tartibot idoralari talqiniga köra, gumonlanuvçi miltiqdan öt oçgan. Törtta öq yoki ularning parçalari binoning bir qismiga tekkan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan.
Öq uzganlikda gumon qilingan ayol qölga olingan. Hozirça uning ismi oşkor etilmagan. Qayd etilişiça, hip-hop yulduzi A$AP Rokki xonanda bilan birga yaşaydi. Rianna voqea paytida uyda bölgan bölsa-da, öşa paytda A$AP Rokki yoki juftlikning farzandlari içkarida bölganmi yoki yöqmi nomalum.
Öq uziş işi böyiça tergovni Los-Anjeles politsiya departamentining talonçilik va qotilliklarni tergov qiliş böyiça elita bölinmasi olib bormoqda.