OAV: Neft narxi 100 dollardan oşdi
9-03-2026, 14:32
109 марта

OAV: Neft narxi 100 dollardan oşdi
AQŞ, Isroil va Eron örtasidagi harbiy töqnaşuvlar hamda Hormuz böğozining yopilişi xavfi tufayli jahon bozorida neft narxi 2022 yildan beri ilk bor 100 dollardan oşdi. Deutsçe Welle xabariga köra, 9 mart kuni Brent markali neft fyuçerslari qariyb 20 foizga ösib, bir barrel uçun 111,04 dollarni, WTI nefti esa 106,17 dollarni taşkil etdi. Vaziyat keskinlaşişidan oldin narxlar 70 dollar atrofida edi.Dunyo neft taminotining 20 foizi ötadigan Hormuz böğozining yopilib qoliş xavfi bozorda katta xavotir uyğotmoqda. Energetik inqirozning oldini oliş maqsadida AQŞ moliya vaziri Skott Bessent Rossiya neftiga qöyilgan sanktsiyalarni yumşatiş imkoniyatini körib çiqayotganini bildirdi. Xususan, Hindistonga Rossiya neftini sotib oliş uçun 30 kunlik imtiyoz berildi.
Vaziyatning keskinlaşuviga 7 mart kuni Isroilning Eron neft infratuzilmasiga bergan aviazarbalari sabab böldi. Tehron atrofidagi beşta energetika obekti hujumga uçragaç, Eron bunga javoban Fors körfazidagi boşqa mamlakatlar neft obektlariga hujum qiliş bilan tahdid qildi. Bu esa global yoqilği bozoridagi beqarorlikni yanada kuçaytirmoqda.