AQŞ Venesueladan 100 mln dollarlik oltin olib çiqdi
9-03-2026, 14:50
156 марта

AQŞ Venesueladan 100 mln dollarlik oltin olib çiqdi
AQŞ Içki işlar vaziri Dag Burgumning takidlaşiça, Qöşma Ştatlar Venesueladan allaqaçon 100 million dollarlik oltinni olib çiqib ketgan. Bu haqda u “Fox News” telekanaliga malum qildi.
Bungaça AQŞ Venesuelaning “Minerven” oltin qazib oluvçi kompaniyasi bilan operatsiyalarni, jumladan, Venesuela oltinini AQŞga taşiş, sotiş, qayta işlaş va qayta sotiş bilan boğliq tranzaktsiyalarni amalga oşirişga ruxsat bergan.
“Juma kuni Venesueladan Qöşma Ştatlarga sanoat maqsadlarida hamda boşqa tijorat ehtiyojlari uçun 100 million dollarlik oltin kelib tuşdi”, deydi Burgum.
“Axios” portalining xabar berişiça, “Minerven” kompaniyasi 650 kilogrammdan 1000 kilogrammgaça bölgan oltin quymalarini “Trafigura” xomaşyo treyderiga sotiş böyiça kelişuvga erişgan, treyder esa öz navbatida uni Amerikaning qayta işlaş zavodlariga topşiradi.
Bundan oldin Burgum Venesuelaning vaqtinçalik prezidenti Delsi Rodriges bilan muzokaralar yakunida Amerika biznesi respublikaning qazib oliş sektoriga keng kölamli investitsiyalar kiritişga tayyorligini bildirgan.