Germaniya ğarbida turarjoy binolariga meteorit quladi
9-03-2026, 16:34
190 марта

Germaniya ğarbida turarjoy binolariga meteorit quladi
Keça, 8 mart kuni Germaniyaning ğarbiy hududida meteorit quladi. Uning parçalari qator turarjoy binolariga zarar yetkazdi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.Politsiya malumotlariga köra, soat 19:00 atrofida Reynland-Pfals yeri, xususan, Koblens şahri hamda Xunsryuk va Ayfel toğ massivlarida uylarning tomlari şikastlangan. Gyuls tumanidagi uylardan birining tomiga osmon jismi qulagan.
Şu kuni keçqurun Quyi Saksoniya, Gessen, Saar, Baden-Vyurtemberg va boşqa hududlar aholisi osmonda yorqin nurli obektni körgan. Fuqarolar buni raketa parvozi deb taxmin qilişgan. Huquq-tartibot idoralari aholi xavfsizligiga heç qanday tahdid bölmaganini takidlagan.
Malumot uçun, 2024 yil yanvar oyida Berlin atrofida diametri qariyb 1 metr bölgan meteorit qulagan. Şuningdek, 2023 yili Şlezvig-Golşteyn yeriga 15 ga yaqin meteorit tuşgan bölib, ularning 3,7 kilogrammlik eng yirik parçasi uçun kollektsionerlar 200 ming yevro taklif qilgan.