AQŞ Turkiyadagi diplomatik vakillarini evakuatsiya qiladi
9-03-2026, 23:03
122 марта

AQŞ Turkiyadagi diplomatik vakillarini evakuatsiya qiladi
Turkiyaning Adana şahridagi AQŞ Boş konsulligi xodimlari va ularning oilalari xavfsizlik sababli mamlakatdan evakuatsiya qilinadi. Bu haqda bugun, 9 mart kuni AQŞ Davlat departamenti bayonot berdi.Qayd etilişiça, mamlakatda ortib borayotgan Eron hujumlar sababli amerikalik xodimlarga uşbu hududda sayohat çeklovlari joriy qilingan. Xususan, janubi-şarqiy Turkiyadagi Adana, Adiyaman, Batman, Bingöl, Bitlis, Diyorbakir, Elaziğ, Gaziantep, Hakkari, Hatay, Içel, Kilis, Qahramonmaraş, Malatya, Mardin, Muş, Usmoniya, Siirt, Şonliurfa, Şirnak, Tunjeli va Van şaharlarida anti-AQŞ va anti-Isroil kayfiyat kuçaygani bois sayohat qilmaslik tavsiya etilgan.
Departament, şuningdek, janubi-şarqiy Turkiyada bölgan amerikaliklarni darhol tark etişga çaqirgan. Adana Boş konsulligi barça konsullik xizmatlarini vaqtinça töxtatgani sababli yordamga muhtoj amerikaliklar Anqaradagi AQŞ elçixonasi yoki Istanbuldagi Boş konsullikka murojaat qilişi kerakligi aytilgan.