AQŞ diplomatlariga Saudiyani tark etişni buyurdi
9-03-2026, 13:36
180 марта

AQŞ diplomatlariga Saudiyani tark etişni buyurdi
AQŞ Davlat departamenti Saudiya Arabistonidagi amerikalik diplomatik missiya xodimlarining bir qismiga mamlakatni tark etişni buyurdi. Bu haqda diplomatik missiyaning 9 mart kuni elon qilingan bayonotida aytiladi.Bu qaror Eron bilan uruş tufayli xavfsizlik tahdidlari kuçaygani bilan izohlanmoqda.
Keha, 8 mart kuni çiqarilgan farmoyişga köra, favqulodda vazifalar bilan band bölmagan xodimlar hamda Ar-Riyoddagi AQŞ elçixonasi xodimlarining oila azolari majburiy tarzda mamlakatni tark etişi kerak.
Avvalroq, 3 mart kuni mazkur toifadagi şaxslarga mamlakatni ixtiyoriy ravişda tark etişga ruxsat berilgan edi.
Şu bilan birga, AQŞ Davlat departamenti AQŞ fuqarolarini Saudiya Arabistoniga safar rejalarini qayta körib çiqişga çaqirgan. Bayonotda Eron dronlari va raketalarining AQŞ manfaatlariga qarşi ehtimoliy zarbalari, qurolli töqnaşuvlar, terrorizm xavfi, mamlakatdan çiqişga qöyilişi mumkin bölgan çeklovlar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni tartibga soluvçi mahalliy qonunlar haqida ogohlantirilgan.
28 fevraldan beri AQŞ va Isroilning Eronga qarşi harbiy operatsiyasi davom etayotgani sababli Saudiya Arabistoni bir neça marta Eronning javob zarbalari nişonlaridan biriga aylangan.
3 mart kuni ikki dron Ar-Riyod şahridagi AQŞ elçixonasi binosiga zarba bergan. Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi vakili bu hujum natijasida “çeklangan yonğin” yuz berganini va moddiy zarar katta emasligini aytgan.
AQŞ fuqarolariga zudlik bilan xavfsiz joylarga yaşiriniş va keyingi xabargaça diplomatik missiya hududiga bormaslik tavsiya etilgan.