Isroillik dzyudoçilar xavfsizlik sabab Toşkentni tark etdi
2-03-2026, 11:29
70 марта

Isroillik dzyudoçilar xavfsizlik sabab Toşkentni tark etdi
Keça, 1 mart kuni Isroil milliy dzyudo jamoasi xavfsizlik bilan boğliq körsatma tufayli Toşkent şahrida bölib ötayotgan “Katta Dubulğa” turniridagi iştirokini töxtatdi va mamlakatni tark etdi. Bu haqda “The Jerusalim Post” xabar berdi.Malumotlarga köra, Isroilning Şin Bet xavfsizlik xizmati jamoaga zudlik bilan Özbekistonni tark etiş böyiça körsatma bergan. Qaror Eron bilan boğliq vaziyat jiddiy tus olgandan söng qabul qilingan.
Delegatsiya tarkibida Olimpiada kumuş medali sovrindori Raz Xerşko hamda jamoaning yetakçi azolaridan biri Gili Şarir bor edi. Ular 2026 yilgi mavsumning muhim turnirlaridan biri hisoblangan “Katta Dubulğa” musobaqasida iştirok etiş uçun kelgan. Uşbu turnir sportçilar uçun reyting oçkolari va xalqaro tajriba nuqtai nazaridan muhim sanaladi.
Xavfsizlik körsatmasiga binoan, jamoa azolari va Isroil dzyudo assotsiatsiyasi raisi Moşe Ponte musobaqani tark etib, Markaziy Yevropaga uçib ketgan.
Qaror qabul qilinişidan oldin 11 nafar isroillik dzyudoçi bahslarda qatnaşgan. Gili Şarir bronza medali uçun kuraşga qadar yetib borgan, biroq hal qiluvçi bahsda frantsiyalik Manon Deketerga mağlub bölgan.
Turnirning sönggi kunida tatamiga çiqişi rejalaştirilgan Raz Xerşko esa xavfsizlik sababli musobaqada iştirok etmagan.