Qörqdi. Netanyaxuning samolyoti Erondagi vaziyat sabab Isroilni tark etdi
15-01-2026, 07:30
211 марта

Qörqdi. Netanyaxuning samolyoti Erondagi vaziyat sabab Isroilni tark etdi
Eron va AQŞ örtasidagi munosabatlarning keskinlaşuvi fonida Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxuning samolyoti mamlakat taşqarisiga çiqarib yuborildi.FlightRadar24 malumotlariga köra, Netanyaxuga tegişli “Sion qanotlari” nomli samolyot Isroil janubidan parvoz qilib, mamlakat havo hududini tark etgan. Boş vazirning özi bölmagan samolyotning yönalişi haqidagi malumot oşkor qilinmagan.
Netanyaxu samolyotining Isroildan taşqariga çiqarilişi, kuçayib borayotgan taranglik va AQŞning Eronga zarba berişi ehtimoli fonida alohida etibor tortmoqda.
Ayni vaqtda OAVda Eronda davom etayotgan norozilik va namoyişlardan söng AQŞning Islom Respublikasi hududiga harbiy zarba berişi ehtimoli muhokama qilinmoqda. Bir qator tahlilçilarning fikriça, bunday zarba berilgan taqdirda, Eron javob zarbasini berişi mumkin, jumladan Isroil hududiga ham.
Etiborli jihati şundaki, bunday çora ilgari ham qöllanilgan. 2025 yil iyun oyida Eron-Isroil mojarosi paytida ham Netanyaxuning samolyoti mamlakatdan çiqarib yuborilgan va Gretsiyaga köçirilgan edi.