USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Iroqdan Liviyagaça: rejim almaştiriş – AQŞning muvaffaqiyatli modelimi?

53 марта

Iroqdan Liviyagaça: rejim almaştiriş – AQŞning muvaffaqiyatli modelimi?

Eronga bir qator havo hujumlari uyuştirgan AQŞ va Isroil birinçi kundanoq nimani közlayotganini aniq bildirib qöydi: Tehron tomonidan ehtimoliy yadroviy yoki oddiy harbiy tahdidni bartaraf etiş va rejimga barham beriş.

Şundan beri AQŞ Prezidenti Donald Tramp va boşqa yuqori martabali amerikalik amaldorlar AQŞ va Isroilning Eronga qarşi aviahujumlari uçun turli sabablarni keltirişdi. Hatto Mudofaa vaziri Pit Xegset 2 mart kuni bu mojaro “rejimni almaştiriş uçun olib borilayotgan uruş emas”ligini takidladi. Biroq AQŞ tarixi hisobga olinsa, Trampning dastlabki bayonoti interventsiyaning haqiqiy maqsadlaridan birini oçib bergan bölişi ham mumkin.
“Rejim almaştiriş” deb ataladigan operatsiyalarda AQŞdan köra köproq tajribaga ega davlat deyarli yöq. Bir tadqiqotga köra, faqat sovuq uruş davrida (1947–1989) AQŞ xorijdagi siyosiy kuçlar muvozanatini öz foydasiga özgartiriş uçun 72 marta uriniş qilgan. Ularning aksariyati (64 ta holat) maxfiy razvedka operatsiyalari bölib, muvaffaqiyat darajasi taxminan 40 foizni taşkil etgan.
1953 yilda AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (CIA) Britaniyaning MI6 razvedkasi bilan birgalikda Eronning öşa paytdagi boş vaziri Muhammad Musaddiqni hokimiyatdan ağdarişga erişdi. Biroq buning natijasida şoh Muhammad Rizo Pahlaviy Eron xalqi nazarida “AQŞning qöğirçoği” sifatida qabul qilina boşladi va 1979 yildagi Islom inqilobi paytida ağdarildi. Natijada taşkil topgan teokratik va tobora repressiv tus olayotgan rejim bugungi kunda AQŞ va Isroilning Eronga qarşi hujumlari nişonlaridan biriga aylangan.
Biroq tarix körsatganidek, hatto qisqa muddatda muvaffaqiyatli bölgan rejim almaştiriş operatsiyalari keyinçalik yangi va jiddiy muammolarni keltirib çiqarişi mumkin. DW bir neça şunday misollarni keltirdi.
Liviya (2011 yil): “Yagona himoyaçi”
2011 yil bahorida “Arab bahori” deb atalgan harakat Şimoliy Afrika böylab özgarişlarga umid uyğotgan bir paytda Liviyada ham köp yillik rahbar Muammar Kaddafiyga qarşi qarşilik kuçaydi. Öşa paytdagi AQŞ prezidenti Barak Obama boşçiligida boşidanoq uning raqiblari – “Ötiş milliy kengaşi”ni qöllab-quvvatladi.
AQŞ, Frantsiya va Buyuk Britaniya avval mustaqil ravişda, keyinçalik NATOning “Yagona himoyaçi” operatsiyasi doirasida hukumat qöşinlariga qarşi havo hujumlari uyuştirdi. 20 oktyabr kuni Amerika droni va frantsuz qiruvçi samolyoti Qaddafiy kolonnasiga zarba berdi, şundan keyin u Ötiş kengaşi jangçilari tomonidan öldirildi.
Qariyb 15 yil ötganiga qaramay, Liviya hali ham siyosiy jihatdan bölingan va beqaror mamlakat bölib qolmoqda.
Iroq (2003 yil): “Şok va dahşat”
2003 yil 1 may kuni diktator Saddam Husayn ağdarilganidan bir neça hafta ötib, AQŞ prezidenti Jorj Buş kiçik Iroq uruşi tugaganini elon qildi. U avianosets USS Abraham Lincoln palubasida çiqiş qilib, ortida “Missiya bajarildi” degan banner turdi.
Buş şunday degan edi:
“Diktaturadan demokratiyaga ötiş vaqt talab qiladi, ammo bu barça say-harakatlarga arziydi. Koalitsiya işimiz tugamagunça qoladi. Keyin ketamiz va erkin Iroqni qoldiramiz.”

Biroq keyingi okkupatsiya tinçlik ham, barqarorlik ham keltirmadi. Davlat institutlari zaiflaşdi, qöşni Eron şialar militsiyasini qöllab-quvvatladi va ular sunniy guruhlar bilan keskin töqnaşuvlarga kirişdi. Hokimiyat böşliğidan foydalangan “Islomiy davlat” (IŞID) terrorçilik guruhi kuçayib, Iroq, Suriya va butun mintaqani yanada beqarorlaştirdi.
Amerikalik tarixçi Jozef Stibning aytişiça, öşa paytda amerikaliklar liberal demokratiya qadriyatlari tabiiy ravişda ustun keladi, deb xato öylaşgan. Uning takidlaşiça, “ular Iroq kabi rejimlarni ağdargandan keyin ularni almaştiriş oson böladi, deb hisoblaşgan”.
Afğoniston (2001 yil): “Mustaxkam erkinlik”
Kiçik Jorj Buş nomi bilan boğliq yana bir uruş. 2001 yil 11 sentyabr terrorçilik hujumlaridan atigi tört hafta ötib, AQŞ armiyasi Afğonistonda “Mustaxkam erkinlik” operatsiyasini boşladi.
“Tolibon” rejimi tezda ağdarildi, ammo AQŞ qöllab-quvvatlagan yangi hukumat uzoq vaqt hokimiyatni saqlab qola olmadi.
2014 yilda xalqaro kuçlar, jumladan, Germaniya iştirok etgan kontingentlar qisqartirilgandan keyin, tolibonlar asta-sekin pozitsiyalarini qayta egallay boşladi. Donald Tramp birinçi prezidentlik muddatining sönggi yilida toliblar bilan kelişuvga erişib, AQŞ qöşinlarini olib çiqişga rozi böldi.
2021 yilda Jo Bayden prezidentligi davrida, sönggi amerikalik harbiylar mamlakatni tark etganidan söng, toliblar yana töliq hokimiyatni qölga oldi va AQŞ bosqinidan oldingi siyosiy tizimni tikladi.
Panama (1989 yil): “Adolatli iş”
1980-yillarda Panamani diktator Manuel Norega boşqargan. Uning davrida mamlakat narkosavdo markaziga aylangan. Norega bir neça yil CIA’dan pul olgan, ammo keyinçalik AQŞ hukumati uçun muammoga aylangan.

1989 yil dekabrida AQŞ prezidenti Jorj Buş katta “Adolatli iş” operatsiyasini boşlab, Noregani hokimiyatdan çetlatişga buyruq berdi. Oppozitsiya siyosatçisi Gilermo Endara prezident etib tayinlandi. Ikki haftadan keyin Norega taslim böldi. Keyin u AQŞ, Frantsiya va Panamada qamoq jazolarini ötab, 2017 yilda vafot etdi. Operatsiya qiymati 331 million dollarga baholangan.
Grenada (1983 yil): “Ğazab çaqnaşi”
1979 yildan boşlab Karib dengizidagi Grenada davlati siyosiy jihatdan Sovet Ittifoqiga yaqinlaşa boşladi. Boş vazir Moris Bişop AQŞ bilan munosabatlarni normallaştirişga uringanida, radikal kommunistlar va harbiylar tomonidan ağdarilib, öldirildi.
Şundan keyin AQŞ prezidenti Ronald Reygan bir neça Karib davlatlari qöllab-quvvatlovi bilan mamlakatga harbiy interventsiya boşladi. Bu qaror Britaniya hukumatining keskin qarşiligiga qaramay qabul qilingan edi.
Dominikan Respublikasi (1965 yil): “Qatiy kuç”
1965 yilda bir qator davlat töntarişlaridan keyin Dominikan Respublikasi fuqarolik uruşi yoqasiga kelib qoldi. AQŞ elçisi Uilyam Tepli Bennett kiçik vaziyatni “jamoaviy aqldan oziş” deb atadi va Vaşingtonga harbiy aralaşuvni körib çiqişni tavsiya qildi.
AQŞ prezidenti Lindon B. Jonson mamlakatda “ikkinçi Kuba” paydo bölişining oldini oliş maqsadida interventsiyaga buyruq berdi. 44 mingdan ortiq amerikalik harbiy iştirokida AQŞ özlari maqbul deb bilgan rahbarni hokimiyatga olib keldi.
Venesuela (2026 yil): “Mutlaq qatiyat”
Eng sönggi ehtimoliy “rejim almaştiriş” yaqinda sodir bölgani uçun uning yakuniy bahosi hali berilmagan. 2026 yil yanvar oyi boşida AQŞ Prezidenti Tramp Venesuela rahbari Nikolas Maduroni qölga oldirdi. U Nyu-Yorkda “narkoterrorizm” ayblovi bilan sud qilinişi kerak.
Venesuelada hokimiyat sobiq vitse-prezident Delsi Rodriges qöliga ötdi. U Maduro rejimida işlagan bölsa-da, Tramp u bilan hamkorlik qiliş niyatini bildirdi. Evaziga AQŞ mamlakatning ulkan neft zaxiralaridan foydalaniş imkoniga ega bölişi mumkin.

Biroq 2025 yilgi Nobel tinçlik mukofoti sovrindori, muxolifat yetakçisi Mariya Korina Maçado ham Venesuelaga qaytib, mamlakatni demokratiya yöliga boşlaş niyatida ekanini bildirdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: