Aroqçi Turkiyada qulagan raketaning Eronga aloqasi yöqligini aytdi
10-03-2026, 18:15
162 марта

Aroqçi Turkiyada qulagan raketaning Eronga aloqasi yöqligini aytdi
Bugun, 10 mart kuni Turkiya Taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.Malum qilinişiça, Hoqon Fidan suhbat davomida Turkiya havo hududining buzilişi qabul qilinmasligini aytib, Turkiya bunga qarşi barça zarur çoralarni davom ettirişini bildirgan. Şuningdek, Fidan barça tomonlar mintaqaviy xavfsizlikni xavf ostiga qöyişi va fuqarolarga xavf tuğdirişi mumkin bölgan harakatlardan tiyilişi kerakligini takidlagan.
Vazir Aroqçi esa Turkiya havo hududiga yönaltirilgan raketalar Eronga aloqasi yöqligini va bu masala böyiça keng qamrovli tekşiruv ötkazilişini malum qilgan.