Xitoygaça yetib boradi: Yaponiya uzoq masofali raketalar joylaştirdi
12-03-2026, 16:23
181 марта

Xitoygaça yetib boradi: Yaponiya uzoq masofali raketalar joylaştirdi
Yaponiya Xitoy Xalq Respublikasi hududigaça yetib boriş imkoniyatiga ega bölgan uzoq masofali raketalarining birinçi partiyasi joylaştirilganini elon qildi. Bu haqda “Kyodo” xabar berdi.“Mitsubişi Heavy Industries” mudofaa giganti tomonidan işlab çiqilgan va modernizatsiya qilingan Type-12 “er-kema” sinfidagi kompleksining masofasi dastlabki 200 kilometrdan 1 ming kilometrgaça oşirilgan. Bu Yaponiya zarba beriş vositalarini printsipial jihatdan yangi operativ darajaga olib çiqadi. Mart oyi oxiriga qadar raketa batareyalari janubi-ğarbdagi Kumamoto prefekturasida joylaştiriladi. Kelasi yili esa raketalar Tokiodan ğarbdagi Sidzuokada paydo böladi.
Rasman Yaponiya öz mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş dasturini amalga oşirmoqda, biroq Pekinda bu harakatlar boşqaça baholanmoqda. Xitoy Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Tszyan Bin ogohlantiriş bilan çiqdi: agar Yaponiya Xitoy suvereniteti va xavfsizligiga tajovuz qilişga jurat etsa, u muqarrar ravişda keskin zarbaga duç keladi va qaqşatqiç mağlubiyatga uçraydi.
“Ritorikaning keskinlaşuvi mintaqada ösib borayotgan taranglikni aks ettiradi, bu yerda qurollanişni oşiriş böyiça har bir qadam qarama-qarşi tomon tomonidan mojaroga tayyorgarlik sifatida qabul qilinmoqda”, deb qayd etadi harbiy tahlilçilar.Type-12 raketasining ming kilometrlik masofasi – bu Yaponiya ananaviy mudofaa doktrinasi doirasidan çiqayogani va Pekin “zarba beruvçi” deb hisoblaydigan vositalarga ega bölayotgani haqidagi signaldir.