USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yaqin Şarqdagi uruşning 13-kuni: qurbonlar köpaydi, hujumlar şiddati oşdi

215 марта

Yaqin Şarqdagi uruşning 13-kuni: qurbonlar köpaydi, hujumlar şiddati oşdi

Bugun, 12 mart kuni AQŞ va Isroilning Eronga qarşi harbiy amaliyotining 13-kuni boşlandi. Mojaro davom etar ekan, Yaqin Şarqning bir qator hududlarida raketa va dron hujumlari, kiberhujumlar hamda dengizdagi keskinlik kuçaymoqda. Bu jarayon global energetika bozoriga ham tasir körsatib, neft narxlarining keskin oşişiga olib keldi.

Eron Prezidenti uruşni tugatiş uçun raqiblariga şart qöydi 

Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravani malum qilişiça, 28 fevraldan beri davom etayotgan hujumlar oqibatida mamlakatda kamida 1348 nafar tinç aholi halok bölgan, 17 mingdan ortiq kişi jarohat olgan. UNICEF’ning qayd etişiça, qurbonlar orasida 1100 dan ortiq bola bor. Taşkilot vaziyatni falokatli gumanitar inqiroz deb baholamoqda.
Eron Prezidenti Masud Pezeşkiyon uruşni töxtatiş uçun uçta asosiy şartni ilgari surgan. Uning aytişiça, mojaro faqat quyidagi talablar bajarilgan taqdirdagina tugatilişi mumkin: Eronning qonuniy huquqlari tan olinişi, yetkazilgan zarar uçun tovon puli tölanişi va kelajakdagi harbiy hujumlarning oldini oliş uçun qatiy xalqaro kafolatlar berilişi. Tehron bir vaqtning özida qarşi hujumlarini davom ettirişini ham bildirgan.

Kibermakondagi uruş
Mojaro kibermakonda ham davom etmoqda. Eron bilan aloqador ekani aytilayotgan “Handala” xakerlar guruhi AQŞning tibbiy texnologiyalar işlab çiqaruvçi “Stryker” kompaniyasiga kiberhujum uyuştirganini malum qildi. Ularning iddaosiga köra, hujum oqibatida kompaniya tarmoği işdan çiqarilgan va 50 terabayt malumot öğirlangan. Xakerlar bu harakatni Eronning Minob şahridagi maktabga berilgan zarbaga javob deb atagan.

Dengiz yöllaridagi keskinlik
Eron Oliy rahbari Mujtabo Xomanaiyning katta maslahatçisi Yahyo Rahim Safaviy esa davlat televideniyesida çiqiş qilib, AQŞ Prezidenti Donald Trampni keskin tanqid qildi. U Trampni “korruptsioner va eng ahmoq Amerika Prezidenti hamda şaytonning özi”, deb atadi. Şuningdek, mintaqadagi keskinlik dengiz yöllariga ham tasir qilmoqda. Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi ogohlantirişlarga böysunmagan ikki kemaga qarata öq uzganini malum qildi. Şu bilan birga, Ummon harbiylari Hormuz böğozida hujumga uçragan Tailand bayroği ostidagi kemadan 20 nafar dengizçini qutqargan.

Mintaqa davlatlari hamon hujumlar nişoniga aylanmoqda
Eron va uning ittifoqçilari ham harbiy harakatlarni davom ettirmoqda. Islom inqilobi qöriqçilari korpusi Livandagi “Hizbulloh” harakati bilan birga Isroil hududlariga qöşma raketa zarbalari berganini bildirdi. Isroil armiyasi esa Erondan mamlakat hududi tomon uçirilgan raketalarni aniqlaganini malum qildi. Mintaqadagi boşqa davlatlar ham hujumlar nişoniga aylangan. Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi “Şaybah” neft koniga yönaltirilgan bir neçta dronlar yöq qilinganini bildirdi. BAA esa Eron tomonidan uçirilgan 6 ta ballistik raketa, 7 ta kruiz raketasi va 39 ta dron tutib olinganini malum qildi. Quvaytda uşlangan dron qoldiqlari sabab elektr uzatiş liniyalarining bir qismi işdan çiqqan. Ummondagi “Salalah” portida dron hujumi oqibatida yoqilği rezervuarlari zarar körgan. Isroil mudofaa vaziri Israel Kats harbiy operatsiya muddati haqida gapirdi. Uning sözlariga köra, amaliyot barça maqsadlarga erişilmagunça davom etadi. Uruş boşlanganidan beri 14 nafar Isroil askari yaralangan. Mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi sönggi 24 soat içida 179 kişi jarohat olganini malum qildi. 
Livan uruş öçoği içida
Isroil armiyasi Livan poytaxti Bayrutning janubiy qismidagi Dahiya hududida “Hizbulloh” infratuzilmasiga qarşi keng kölamli hujumlar boşlaganini ham bildirdi. Livan Soğliqni saqlaş vazirligi malumotiga köra, Bayrutga berilgan zarba oqibatida 7 kişi halok bölgan, 21 kişi yaralangan. Umuman olganda, Livanda mojaro boşlanganidan beri 630 dan ortiq kişi halok bölgan, 800 mingga yaqin odam uyini tark etişga majbur bölgan.
Neft muammosi
Donald Tramp Eron allaqaçon mağlubiyatga uçraganini takidladi. Şu bilan birga, u uruşga qaramay, Eron terma jamoasining futbol böyiça bölajak Jahon çempionatida iştirok etişini mamnuniyat bilan qabul qilişini aytdi. 


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: