USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mujtabo Xomanaiy ilk bor xalqqa murojaat yölladi

48 марта

Mujtabo Xomanaiy ilk bor xalqqa murojaat yölladi

Bugun, 12 mart kuni Eronning yangi Oliy rahnamosi Mujtabo Xomanaiy ilk bor xalqqa murojaat qildi. Uning murojaati “Tasnim” axborot agentligi tomonidan tarqatildi va Eron televideniyesida öqib eşittirildi, biroq uning özi kadrda köriniş bermagan. 

Xomanaiy özining tayinlangani haqida boşqa eronliklar bilan bir vaqtda – Ekspertlar kengaşidagi ovoz beriş jarayonining teletranslyatsiyasi orqali bilganini aytgan. Uning sözlariga köra, Oliy rahnamo kursisini egallaş u uçun qiyin, çunki bu örin avval ikki “buyuk imom” – Xumayniy va özining otasi “şahid Xomanaiy”ga tegişli bölgan.

Murojaatning markaziy mavzusi uruş bölgan. Xomanaiy harbiylarga duşmanga berilgan “qaqşatqiç zarbalar” uçun minnatdorlik bildirgan va Eron Hurmuz böğozini tösişda davom etişini malum qilgan. Uning sözlariga köra, duşmanning “tajribasi deyarli yöq” va “haddan taşqari zaif“ bölgan “yangi frontlar” ustida iş olib borilmoqda – zarurat tuğilganda ular işga solinadi. Yangi rahnamo, şuningdek, Yaman husiylari, “Hizbulloh” va Iroq qarşilik kuçlariga qöllab-quvvatlaganliklari uçun taşakkur aytgan.

Xomanaiy halok bölgan har bir eronlik uçun – nafaqat otasi, balki öldirilgan har qanday fuqaro uçun qasos olişga vada bergan. U Minobdagi qizlar maktabiga berilgan zarbani alohida etibor talab qiladigan jinoyat sifatida ajratib körsatgan. Şuningdek, yangi rahnamo ogohlantirgan: Eron duşmandan reparatsiya (tovon) talab qiladi, rad etilgan taqdirda esa yo uning mulkini musodara qiladi, yoki şunga teng miqdordagi qiymatni yöq qiladi.

Hududida xorijiy harbiy bazalar joylaşgan qöşni davlatlarga Xomanaiy töğridan töğri ogohlantiriş yuborgan: Eron aynan öşa obektlarga zarbalar bergan va berişda davom etadi – bunda davlatlarning özlari bilan uruşiş niyati yöq. U uşbu mamlakatlarni bazalarni “iloji boriça tezroq” yopişga çaqirgan, çunki uning aytişiça, Amerikaning xavfsizlik haqidagi vadalari yolğon bölib çiqqan.

Nutqning içki siyosiy qismida Xomanaiy xalqning roliga urğu bergan: uning fikriça, aynan eronliklar mamlakat Oliy rahnamosiz qolgan kunlarda davlatni boşqargan. U birdamlikka, özaro yordamga va jamiyat hayotida faol iştirok etişga çaqirgan.

Madumot uçun, Mujtabo Xomanaiy Eronning uçinçi Oliy rahnamosi böldi. Ekspertlar kengaşi uni 8 mart kuni – 28 fevralda AQŞ va Isroilning qöşma aviazarbasi oqibatida halok bölgan otasi, Oyatulloh Ali Xomanaiy vafotidan bir neça kun ötib sayladi. AQŞ Prezidenti Donald Tramp bundan sal avval “Axios” naşriga bergan intervyusida Mujtaboni “engil vaznli” (tajribasiz) deb atagan va öldirilgan oyatulloh siyosatini davom ettiradigan nomzodni qabul qilmasligi bilan tahdid qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: