USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼ USD: 11,912 söm ▼ EUR: 13,320 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 15,975 söm ▼ CNY: 1,785 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 238 söm ▼ AED: 3,243 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron Ukrainaga raketa zarbalari bilan tahdid qildi

424 марта

Eron Ukrainaga raketa zarbalari bilan tahdid qildi

Eron, agar Ukraina Isroilga harbiy yordam körsatişni, xususan, dronlar yetkazib berişni davom ettirsa, uşbu mamlakatga raketa zarbalari berişni boşlaydi. Bu haqda Eron parlamenti Milliy xavfsizlik komissiyasi raisi Ibrohim Aziziy özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi. 

“Isroil rejimini dronlar bilan qöllab-quvvatlayotgan va parokandalikka yuz tutgan Ukraina amalda uruşga aralaşib qoldi. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Nizomining 51-moddasiga muvofiq, u özining butun hududini Eron uçun qonuniy nişonga aylantirdi”, deb yozdi u.

Ukraina haqiqatan ham Yaqin Şarq mamlakatlari bilan Eron dronlariga qarşi kuraşiş sohasida hamkorlikni faollaştirgan. Joriy yilning 8 mart kuni Ukraina Prezident Vladimir Zelenskiy ukrainalik ekspertlar Amerika bazalarini himoya qiliş uçun tutuvçi dronlar bilan birga Iordaniyaga yuborilganini malum qilgan. Uning sözlariga köra, jami 11 ta davlatdan, jumladan, Yaqin Şarq mamlakatlari, AQŞ va bazi Yevropa davlatlaridan yordam sörab rasmiy sörovlar tuşgan. “The Wall Street Journal” malumotlariga köra, Ukraina bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiliş istagini bildirgan davlatlar orasida Saudiya Arabistoni ham bor.
Şu bilan birga, Eronning özi ham uzoq vaqtdan beri Rossiyaga Ukrainaga qarşi uruşda yordam berib kelmoqda. Tehron, xususan, Moskvaga minglab “Şahid” zarba beruvçi dronlarini hamda ularni Rossiya hududida işlab çiqariş texnologiyalarini topşirgan.
Joriy yilning 12 mart kuni Zelenskiy Ruminiya Prezidenti bilan ötkazilgan matbuot anjumanida eronlik operatorlar rossiyalik harbiylarni uşbu dronlarni qöllaşga örgatgani va Ukraina şaharlariga qilingan ilk hujumlarda iştirok etganini takidlagan. Şuningdek, Ukraina Prezidentining sözlariga köra, Eron Rossiyaga 150 mingga yaqin artilleriya snaryadlari va raketalarni yetkazib bergan.
“Eronliklar ham hujjatlarda, ham amalda Rossiyaning ittifoqçilaridir”, deydi Zelenskiy.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: