Turkiyani heç kim uruşga tortolmaydi – Fidan
15-03-2026, 16:46
143 марта

Turkiyani heç kim uruşga tortolmaydi – Fidan
Turkiya Taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan Turkiya Yaqin Şarqdagi uruşga tortilişga mutlaqo qarşi ekanini bildirdi. Bu haqda u Anqara şahrida Bangladeş Taşqi işlar vaziri Halilur Rahmon bilan ötkazilgan matbuot anjumanida malum qildi.Fidanning takidlaşiça, Turkiya davom etayotgan adolatsiz uruşda iştirok etişni istamaydi va mamlakatni mojaroga jalb qilişga bölgan har qanday urinişlarga qatiy qarşi. Uning sözlariga köra, Turkiya provokatsiyalarga berilmaslikka qatiy qaror qilgan va mamlakatning harbiy hamda tiyib turiş salohiyati juda yuqori.
Fidanning aytişiça, Turkiya strategik jihatdan kuçni qaçon va qayerda işlatişni yaxşi biladi. Biroq uruşni imkoni boriça tezroq diplomatik yöl bilan hal qiliş zarur. Uning fikriça, Eronga qilingan hujumlar darhol töxtatilişi kerak, şuningdek Eronning qöşni davlatlarga hujumlari ham töxtaşi lozim. Şu bilan birga, tomonlar tez orada muzokaralarga qaytişi kerak.
Turkiya Taşqi işlar vaziri Yaqin Şarqdagi mojaro sabablarini endi inkor etib bölmasligini ham takidlagan. Uning sözlariga köra, Turkiya ançadan beri Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu hukumati yuritayotgan ekspansionist siyosat va uning fundamentalistik mafkurasi haqida ogohlantirib kelmoqda. Fidanning takidlaşiça, Isroil mintaqada taşqi aralaşuvlar orqali öz geosiyosiy manfaatlarini amalga oşirmoqda.
Şuningdek, u Isroil hukumati Ğazodagi sulh kelişuvini buzişda davom etayotganini va bu yerdagi gumanitar vaziyat kun sayin yomonlaşayotganini aytgan.
Fidanga köra, Turkiya Netanyaxu “Hizbulloh”ga qarşi kuraş bahonasi bilan Livanda yangi qirğin sodir etişi mumkinligidan xavotirda. Uning sözlariga köra, xalqaro hamjamiyat Isroil tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarga qarşi zudlik bilan çora körişi kerak.