Dubay xalqaro aeroporti hududida Eron droni sabab yonğin yuz berdi
16-03-2026, 12:43
137 марта

Dubay xalqaro aeroporti hududida Eron droni sabab yonğin yuz berdi
Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahri xalqaro aeroporti yaqinida uçuvçisiz uçiş apparati hujumi oqibatida yoqilği saqlanadigan baklardan biri yonib ketdi. Bu haqda Dubay hukumati matbuot xizmati X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida malum qildi.Rasmiy bayonotda aytilişiça, dron bilan boğliq hodisa Dubay xalqaro aeroporti atrofida sodir bölgan va oqibatda yoqilği baklaridan biri zarar körib, yonğin çiqqan. Fuqaro mudofaasi bölinmalari darhol voqea joyiga yetib borib, yonğinni nazoratga oliş ustida işlagan.
Rasmiy malumotlarga köra, hodisa oqibatida jabrlanganlar haqida heç qanday malumot kelib tuşmagan.
Şundan söng Dubay fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi xavfsizlik çorasi sifatida aeroportdagi barça yölovçilar va xodimlar xavfsizligini taminlaş maqsadida parvozlarni vaqtinça töxtatganini elon qilgan.
Qayd etiş joiz, Birlaşgan Arab Amirliklari Mudofaa vazirligi 12 mart kuni mamlakat havo hujumidan mudofaa kuçlari Eron tomonidan uçirilgan 10 ta ballistik raketa va 26 ta dronni tutib qolganini malum qilgan edi. Umuman olganda, Yaqin Şarqda keskinlik kuçayganidan buyon 1540 ta uçuvçisiz apparat, 278 ta ballistik raketa va 15 ta qanotli raketa yöq qilingan.