Netanyaxuning ölimini rad etuvçi video soxta ekani isbotlandi
16-03-2026, 18:28
727 марта

Netanyaxuning ölimini rad etuvçi video soxta ekani isbotlandi
Bugun, 16 mart kuni Isroil Boş vaziri Benyamin Netanyaxuning yaqinda elon qilingan videosi suniy intellekt yordamida yaratilgani aniqlandi. Bu haqda “Tasnim” xabar berdi.Netanyaxu idorasi bir neça soat oldin Boş vazirning taqdiri haqidagi gap-sözlarga javoban videoni elon qilgan. Biroq, internet foydalanuvçilari videoda suniy intellektdan foydalanilgan bölişi mumkinligini takidlamoqda.
Ularning fikriça, videoda bir neçta şubhali belgilar mavjud. Masalan, kadrda körinadigan qahva finjoni töla bölsa-da, u ağdarilganda yoki harakatlanganda içidagi suyuqlik tökilmaydi. Şuningdek, Netanyaxu qahva içayotgandek körinsa ham, finjondagi qahva miqdori kamaymaydi.
Bundan taşqari, ayrim foydalanuvçilar videoda Boş vazirning yuz körinişi haqiqiy suratlaridan farq qilişini ham qayd etgan.
Sönggi kunlarda Eronning raketa hujumlari fonida Netanyaxuning halok bölgani yoki jarohat olgani haqidagi taxminlar ijtimoiy tarmoqlar va ayrim xorijiy manbalarda keng muhokama qilinmoqda.
Videoning suniy intellekt yordamida yaratilganini körsatiş uçun ayrim foydalanuvçilar şu sahnaga öxşaş tarzda boşqa siyosatçilar, jumladan Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron iştirokidagi suniy videolarni ham yaratib körsatgan.