Sxemalar” öyini: Qirğizistonda Taşiyevga aloqador yirik jinoyat işi oçildi
17-03-2026, 18:57
40 марта

Sxemalar” öyini: Qirğizistonda Taşiyevga aloqador yirik jinoyat işi oçildi
Qirğiziston Davlat soliq xizmatining “Sxemalar” dasturi mamlakat neft sohasidagi milliardlab öğriliklar böyiça tahlil natijalarini elon qildi. Bu haqda “Soliq servis” davlat muassasasi xabar berdi.Dastlabki malumotlarga köra, “Qirğizneftgaz” şubhali vositaçilik öyinlari va xomaşyoni asossiz hisobdan çiqariş sxemalari tufayli 4 milliard somdan ortiq mablağ yöqotgan. 2021–2025 yillar davomidagi hisob-fakturalar va kompaniya malumotlari örganilganda uçta asosiy sxema aniqlangan.
Uşbu sxemalar orqali davlat neftidan kelgan foyda Milliy xavfsizlik davlat qömitasining (MXDQ) sobiq rahbari Qamçibek Taşiyevning qarindoşlari va yaqinlari bilan boğliq bölgan şaxslarning qölida töplangani aytilmoqda.
1-sxema. Neft yöqotişlarini suniy ravişda oşirib körsatiş
Beş yil davomida “Qirğizneftgaz” qariyb 879 ming tonna neft qazib olgan. Hisobotlarda 29 ming tonnaga yaqin xomaşyo işlab çiqarişdagi yöqotiş sifatida öçirilgan. Biroq korxona mutaxassislarining körsatmasiga köra, real yöqotişlar qazib olingan hajmning 1 foizidan (taxminan 9 ming tonna) oşmasligi kerak. Oqibatda rasmiy hisobdan 20 ming tonna xomaşyo “ğoyib bölgan”, bu esa örtaça narxlarda taxminan 560 million somga teng.
2-sxema. Qayta işlaşda asossiz vositaçilardan foydalaniş
Tekşiruvlar jami qazib olingan neftning 30 foizi (262 ming tonna) xususiy firmalarga sotilganini körsatgan. Davlatning öziga qaraşli “Qirğiz Petroleum Kompani” zavodi bölişiga qaramay, neft töğridan töğri u yerga yuborilmagan. Buning örniga xomaşyo avval vositaçilarga sotilgan, ular esa neftni qayta işlaş uçun yana davlat zavodiga öz nomlaridan topşirgan. Uşbu zanjir tufayli asosiy foyda xususiy vositaçilar qölida qolgan, davlat korxonasi esa 3 milliard somdan ortiq daromadni boy bergan.
3-sxema. Tayyor neft mahsulotlarini saralab taqsimlaş
Uşbu tizimning yakuniy bosqiçi tayyor mahsulotlarni sotişdagi tanlovli yondaşuv bölgan. Neft qayta işlangandan söng eng xaridorgir va daromadli mahsulotlar – mazut va dizel yonilğisi çeklangan doiradagi xususiy kompaniyalar orqali realizatsiya qilingan. Şundan söng uşbu yoqilği boşqa xaridorlarga, jumladan, xorijiy treyderlarga qayta sotilgan. Ayrim hollarda mazut yana öşa davlat zavodining öziga qaytib kelgan. Buning ortidan eng bozorbop mahsulotlar vositaçilar qölida töplangan, davlat korxonasi esa foydadan mahrum bölgan. Masalan, “Region Oyl” firmasi bir neça yil içida qariyb 466 million somlik mazut sotib olgan. Zavoddan dizel yonilğisini Tay-Muras Taşiyevga tegişli firma olib, keyinçalik uni Jalolobod viloyatidagi munitsipal korxonalarga sotgani böyiça holatlar örganilgan.
Taşiyevning qarindoşlari xaridorgir bölmagan AI-80 benzini va naftani sotib olişga qiziqiş bildirmagan, şu sababli zavod ularni mamlakatning yirik neft treyderlari – “Alfa Oyl” va “Partner Neft”ga sotişga majbur bölgan.
Uşbu sxemalar Qamçibek Taşiyevning jiyani Boyğozi Matisoqov “Qirğiz Petroleum Kompani” (QPK) neftni qayta işlaş zavodiga rahbarlik qilgan davrda işlagan. Hozirda qanday qilib şöba korxona direktori “Qirğizneftgaz” OAJ tomonidan qazib olingan xomaşyoni taqsimlaş bilan şuğullangani aniqlanmoqda.
Tizimning inqirozli holatini “Qirğizneftgaz” OAJning yangi rahbari Samsali Çetimboyev tasdiqlagan.
“Agar xomaşyoni özimiz qayta işlab sotganimizda, foyda ança köp bölar edi. Qayta işlaşdan voz keçiş – bu “Qirğizneftgaz” manfaatlariga mutlaqo zid bölgan xatodir. Men iş boşlaganimda kompaniya hisobida bor-yöği 1 million 200 ming som mablağ bor edi. Iş haqidan qarzlarni yopiş uçun juda qiynaldik. 10 martdagi tayinlovimdan söng zörğa bir oylik maoşlarni tölay oldik”, deydi Çetimboyev.