Tramp Eron uruşiga qöşilmagan NATO davlatlarini keskin tanqid qildi
18-03-2026, 05:11
162 марта

Tramp Eron uruşiga qöşilmagan NATO davlatlarini keskin tanqid qildi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp NATO davlatlarini Eronga qarşi uruşda iştirok etişni istamayotgani uçun tanqid qildi. Bu haqda u bugun, 17 mart kuni özining Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi şaxsiy sahifasida yozdi.“NATO böyiça ittifoqçilarimizning aksariyati AQŞga Yaqin Şarqdagi Eron rejimiga qarşi harbiy amaliyotimizda iştirok etişni istamasliklarini malum qilişdi. Bu deyarli har bir davlat biz qilayotgan işlarni qatiy qöllab-quvvatlagani va Eronga heç qanday holatda yadroviy qurolga ega bölişga yöl qöyib bölmasligiga rozi bölganiga qaramay yuz bermoqda.
Şu bilan birga, Oq uy rahbari AQŞ göyoki NATO yordamisiz ham Eron Qurolli kuçlarini allaqaçon “yöq qilib bölganini” bildirgan.
Biroq men ularning bu harakatlaridan hayratda emasman, çunki men doim NATOni – biz uşbu mamlakatlarni himoya qiliş uçun yiliga yuzlab milliard dollar sarflaydigan taşkilotni – bir tomonlama köça deb hisoblaganman. Biz ularni himoya qilamiz, lekin ular biz uçun, ayniqsa oğir damlarda heç narsa qilişmaydi”, deb yozdi Tramp.
“Eng muhimi, ularning deyarli barça darajadagi yetakçilari yöq qilindi va endi heç qaçon bizga, Yaqin Şarqdagi ittifoqçilarimizga yoki dunyoga tahdid sola olmaydi! Biz bunday harbiy muvaffaqiyatga erişganimiz sababli bizga endi NATO davlatlarining yordami “kerak emas” va maqsadga muvofiq ham emas – bu bizga heç qaçon kerak bölmagan! Xuddi şu gap Yaponiya, Avstraliya yoki Janubiy Koreyaga ham tegişli.
Aslida, dunyodagi eng qudratli davlat bölmiş Amerika Qöşma Ştatlari Prezidenti sifatida aytyapmanki, bizga heç kimning yordami kerak emas”, deydi Tramp.