USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Pokiston Global terrorizm indeksida birinçi örinni egalladi

41 марта

Pokiston Global terrorizm indeksida birinçi örinni egalladi

Manba: Google Images
Iqtisodiyot va tinçlik instituti elon qilgan Global terrorizm indeksi hisobotiga köra, Pokiston ilk bor terrorizm oqibatlaridan eng köp jabr körgan davlat sifatida qayd etildi.

Hisobotda qayd etilişiça, mamlakatda terrorçilik faolligi keskin oşgan va xavfsizlik vaziyati yomonlaşgan.

2025 yil yakunlariga köra, Pokistonda 1139 kişi halok bölgan, 1045 ta terrorçilik hujumi sodir etilgan. Bu körsatkiç 2013 yildan beri eng yuqori daraja hisoblanadi. Şu bilan birga, hujumlar soni 2020 yilga nisbatan qariyb olti baravarga oşgan.
Mutaxassislar vaziyat keskinlaşuvini, avvalo, “Tahriki Tolibon Pokiston” (TTP) faoliyatining kuçaygani bilan izohlamoqda. Mazkur guruh 2025 yilda dunyodagi eng qonli terrorçi taşkilotlar qatoridan joy olgan. Hisobotda aynan TTP qurbonlar soni oşgan yagona yirik guruh sifatida qayd etilgan.
Foto: Global terrorizm indeksi
Tahlilçilarga köra, 2021 yilda Afğonistonda “Tolibon” hokimiyatga qaytgaç, mintaqadagi xavfsizlik muhitida jiddiy özgarişlar yuz bergan. Çegaradagi nazoratning zaiflaşuvi, davlat boşqaruvi çeklangan hududlarning mavjudligi hamda ikki davlat örtasidagi ziddiyatlar jangari guruhlar uçun qulay şaroit yaratgan.
TTPdan taşqari, Balujiston ozodlik armiyasi kabi guruhlar ham hujumlar sonini oşirib, vaziyatni yanada murakkablaştirgan. Ular nafaqat xavfsizlik kuçlariga, balki tinç aholiga ham hujumlar uyuştirgan.
Hisobotda Pokiston hududidagi terrorizm kengroq geosiyosiy ziddiyatlar bilan boğliq ekani ham alohida takidlangan. Afğoniston–Pokiston çegarasi terrorizmning asosiy öçoqlaridan biri sifatida körilmoqda.

Global körsatkiçlar böyiça 2025 yilda terrorizm darajasi pasaygan bölsa-da, Pokiston bu tendentsiyadan mustasno bölib qolmoqda. Hisobot mualliflari mamlakatdagi vaziyatni barqarorlaştiriş uçun kompleks çoralar zarurligini takidlagan.
Foto: Global terrorizm indeksi
Şuningdek, hisobotda reytingning yuqori poğonalarida asosan Afrika davlatlari ustunlik qilmoqda. Xususan, Burkina Faso, Niger, Nigeriya va Mali kabi davlatlar ham öntalikdan joy olgan. Şuningdek, Suriya, Somali, Kongo Demokratik Respublikasi, Afğoniston, Kolumbiya va Isroil ham eng köp zarar körgan davlatlar qatorida qayd etilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: