Kubada yana töliq blekaut yuz berdi
22-03-2026, 15:20
184 марта

Kubada yana töliq blekaut yuz berdi
Kubada yana elektr energiyasi butunlay öçib qoldi. Bu haqda keça, 21 mart kuni mamlakat Energetika vazirligi X ijtimoiy tarmoğida xabar qildi.“Milliy elektr taminoti tizimi töliq uzildi. Allaqaçon uni qayta tiklaş protokollari amalga oşirilmoqda”, deyiladi xabarda.Uşbu blekaut AQŞ tomonidan Kubaga nisbatan örnatilgan neft blokadasi fonida sodir böldi. Sönggi oylarda mamlakatda yoqilği yetkazib berişdagi uzilişlar va elektr energiyasi bilan boğliq muammolar muntazam ravişda qayd etilmoqda.
Oxirgi haftalarda Kubada bir neça soatdan bir neça kungaça davom etadigan öçişlar seriyasi kuzatildi.