AQŞning Eronga qarşi uruşi xarajatlari 27 mlrd dollardan oşdi
22-03-2026, 16:22
40 марта

AQŞning Eronga qarşi uruşi xarajatlari 27 mlrd dollardan oşdi
AQŞning Eronga qarşi harbiy operatsiyasi xarajatlari bir oy içida 27 milliard dollardan oşib ketdi va xarajatlar har kuni ortib bormoqda.
Malumotlarga köra, uşbu hisob-kitoblar Iran War Cost Tracker platformasi orqali yuritilmoqda. U Pentagon malumotlariga asoslanib, uruş xarajatlarini real vaqtda hisoblaydi.
Pentagon hisobotiga köra, uruşning ilk 6 kuni 11,3 mlrd dollarga tuşgan bölsa, keyingi har bir kun taxminan 1 mlrd dollar xarajat talab qilmoqda.
Newsweek naşrining yozişiça, AQŞ Eronga qarşi operatsiya boşlanişidayoq 2003 yildagi Iroq uruşi boşlanişi xarajatlaridan köproq mablağ sarflagan.
Şuningdek, Pentagon uşbu kampaniyani davom ettiriş uçun 200 milliard dollar talab qilgan. Bu esa 2003 yilda Jorj Buş mamuriyati söragan mablağdan 67 mlrd dollarga köproq.
The Economist malumotiga köra, AQŞga sarflangan öq-dorilarni qayta töldiriş uçun kamida bir yil vaqt kerak böladi. Şu bilan birga, Oq uy hozirça bu xarajatlar uçun Kongress bilan byudjetni kelişib olmagan.
Eslatib ötamiz, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi harbiy operatsiyasi 28 fevraldan buyon davom etmoqda.