USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Eronga qarşi qanday qurollardan foydalanyapti?

85 марта

AQŞ Eronga qarşi qanday qurollardan foydalanyapti? 

AQŞ va Eron örtasidagi uzoq davom etgan qarama-qarşilik yangi bosqiçga ötdi. Joriy yilning 28 fevral kuni AQŞ va Isroil Eronga qarşi oçiq harbiy harakatlarni boşladi. Uşbu operatsiya “Ehuda qalqoni” deb nomlandi. Prezident Donald Trampning sözlariga köra, mazkur operatsiya tört-beş hafta davom etişi mumkin.

AQŞning maqsadi nima?

28 fevral kuni Tramp AQŞ Isroil bilan birga Eronga qarşi yirik jangovar operatsiya boşlaganini elon qildi. Pentagon bu amaliyotni “Epik ğazab” deb atadi. AQŞ harbiylari malumotiga köra, operatsiya davomida Erondagi 1250 dan ortiq nişonga zarba berilgan, Eronning 11 ta harbiy kemasi yöq qilingan. Hujumlar havo, dengiz va uzoq masofali raketalar orqali amalga oşirilmoqda. Nişonlar orasida Eronning yadroviy obektlari, raketa sanoati va mudofaa tizimi bilan boğliq yuqori lavozimli şaxslar bor. AQŞning asosiy maqsadi – Eronning yadroviy qurolga ega bölişini oldini oliş va uning raketa sanoatini vayron qilişdan iborat.

2023 yildan beri sarflagan mablağlar

Braun universitetining uruş xarajatlari hisobotida qayd etilişiça, 2023 yil 7 oktyabrdan beri AQŞ Isroilga 21,7 milliard dollar harbiy yordam körsatgan. AQŞning Yaman, Eron va Yaqin Şarqdagi operatsiyalarga 9,65–12,07 milliard dollar sarflagani taxmin qilinmoqda. Şu bilan umumiy xarajat 31,35–33,77 milliard dollarga yetgan. Bu summa yana oşişi kutilmoqda.

Hozirgi uruş qançaga tuşişi mumkin?

Mutaxassislarning aytişiça, uruşning umumiy qiymatini aniq aytiş imkonsiz. Çunki, harbiy operatsiyalar köp qismlardan iborat. Qurollar va raketa zaxiralari esa çeklangan. Hisob-kitoblarga köra, “Epik ğazab” operatsiyasining dastlabki kuni taxminan 779 million dollarga tuşgan bölişi mumkin. Operatsiyadan oldingi tayyorgarlik, jumladan, samolyotlar va 10 dan ortiq dengiz kemalarini joylaştiriş esa 630 million dollarni taşkil qilgan. Bitta aviataşuvçi hujum guruhini saqlaş kuniga 6,5 million dollarga tuşadi. Agar uruş bir neça hafta davom etsa, umumiy xarajatlar bir neça milliard dollarga yetişi mumkin.

Qanday qurollar işlatilmoqda?

“Epik ğazab” operatsiyasida 20 dan ortiq turdagi qurol tizimi işlatilmoqda.

Havo kuçlari:
B-1 va B-2 bombardimonçilari;
F-35 Light’ning II va F-22 Raptor qiruvçi samolyotlari;
F-15, F-16, F/A-18 va A-10 samolyotlari;
EA-18G Grovler.
Dronlar va uzoq masofali zarba tizimlari:
MQ-9 Reaper dronlari;
LUCAS dronlari;
M-142 HIMARS raketa tizimi;
Tomahavk qanotli raketalari.
Raketaga qarşi mudofaa:
Patriot va THAAD tizimlari.
Dengiz kuçlari:
USS Gerald R Ford va USS Abraham Linkoln aviataşuvçi guruhlari;
P-8 Poseidon dengiz patrul samolyotlari;
Logistika va yoqilği taminoti uçun S-17, S-130 va tankerlar.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: