Xitoy AQŞ bilan suvosti uruşiga tayyorgarlik körmoqda – “Reuters”
24-03-2026, 16:24
179 марта

Xitoy AQŞ bilan suvosti uruşiga tayyorgarlik körmoqda – “Reuters”
Önlab Xitoy tadqiqot kemalari Tinç, Hind va Şimoliy Muz okeanining strategik muhim hududlarida dengiz tubi xaritasini tuziş bilan şuğullanmoqda. Uşbu malumotlar harbiy maqsadlarda qöllanilişi mumkin. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Qayd etilişiça, tadqiqotlar foydali qazilma konlari va baliq ovlaş hududlarini qidirişga ham qaratilgan. Harbiy-dengiz ekspertlarining tuşuntirişiça, Xitoy olingan malumotlar asosida uruş bölgan taqdirda suvosti kemalari jang olib boradigan joylarning suvosti relefi xaritasini tuzişi mumkin.
Xususan, Dong Fang Hong 3 tadqiqot kemasi 2024–2025 yillarda Tayvan, Guam qirğoqlari va Hind okeanining strategik qismlarida patrullik qilgan. Rasman u iqlim tadqiqotlari va tub jinslarni örganiş bilan şuğullangan. Biroq, naşrning yozişiça, çuqur suvosti xaritalaş malumotlari Xitoyga duşmanlarini kuzatiş imkonini beradi.
Xitoy okeanologiya akademiyasi tomonidan boşlangan “Şaffof okean” loyihasi suv harorati, şörligi va suvosti oqimlari harakatini qayd etuvçi yuzlab datçiklar hamda suvosti sensorli tarmoqlarini örnatişni öz içiga oladi. Tarmoq strategik muhim hududlarni: Filippin, Guam va Gavayi orollari yaqinidagi suvlar, şuningdek, Hind okeani va Malakka böğoziga kiriş yöllarini qamrab oladi. Xitoylik olimlar va hukumat loyihani ilmiy deb atamoqda, ammo rasmiy hujjatlar uning “dengiz mudofaasi va xavfsizligini taminlaş”dagi muhimligini körsatmoqda.
Bungaça ham “Reuters” AQŞ va Xitoy örtasidagi “suvosti uruşi” haqida yozgan. Malumotlarga köra, AQŞning SubCom LLC kompaniyasi 2023 yilda Osiyodan Yevropaga malumot uzatiş uçun dengiz tubi böylab qiymati 600 million dollarlik optik tolali kabel yotqizişni boşlagan. Loyihani dastlab Xitoyning HMN Teç kompaniyasi amalga oşirişi kerak bölgan, biroq Vaşington Xitoy razvedka xizmatlari ulanib olişidan xavfsirab, buyurtmaçilar konsortsiumiga “bosim ötkazgan”. Naşrning qayd etişiça, sönggi yillarda Xitoy kompaniyalari iştirokidagi kamida oltita optik tolali kabel yotqiziş böyiça kelişuv AQŞ aralaşuvi tufayli barbod bölgan.
Öşa vaqtda “The Wall Street Journal” Pentagonda Xitoyni AQŞning butun qirğoq böylab joylaşgan port kranlari orqali josuslik qilişda gumon qilayotgani haqida xabar bergan. XXR elçixonasi gazeta malumotlarini “paranoyya” va savdoga tösqinlik qilişga uriniş deb atagan.