Nato Boş kotibi Rossiya suvosti kemasining ustidan kuldi
15-10-2025, 10:55
1 131 марта

Nato Boş kotibi Rossiya suvosti kemasining ustidan kuldi
NATO Boş kotibi Mark Ryutte joriy yilning 13 oktyabr kuni Frantsiya qirğoqlari yaqinida suv yuzasiga çiqqan Rossiyaning suvosti kemasining ustidan kuldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.Malumotlarga köra, Rossiyaning “Novorossiysk”suvosti kemasi Frantsiya qirğoqlari yaqinida suvga çiqqan va Şimoliy dengizda Niderlandiya harbiy-dengiz kuçlari tomonidan kuzatib borilgan. Mark Ryutte Rossiyaning kemalarini işlamay qolganini aytib, ustidan kulgan.
“Endi, mohiyatan, Örtayer dengizida deyarli Rossiya harbiy-dengiz kuçlarining iştiroki qolmadi. Faqat yolğiz, buzilib qolgan Rossiya suvosti kemasi patrullikdan söng oqsoqlanib uyga qaytmoqda”, degan Mark Ryutte Sloveniyadagi çiqişida.Rossiya Harbiy-dengiz kuçlari matbuot xizmati Qora dengiz floti suvosti kemasidagi nosozliklar haqidagi xabarlarni rad etib, u La-Manş böyida navigatsiya qoidalariga rioya qilgani va yaroqli ekanini takidlagan.
“Bazi ommaviy axborot vositalari tomonidan çiqarilgan Frantsiya qirğoqlari yaqinida “Novorossiysk” dizel-elektr suvosti kemasining işlamasligi va buning natijasida favqulodda vaziyat yuzaga kelganligi haqidagi malumotlar haqiqatga töğri kelmaydi. Aslida, B-261 ekipaji hozirda Rossiya Harbiy-dengiz kuçlari qöşinlaridagi doimiy topşiriqlarni bajargandan söng rejalaştirilgan flotlararo sayohatni amalga oşirmoqda”, deya qöşimça qilinadi xabarda.