USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

FXX Moskvada internetni uzib qöydi - OAV

144 марта

FXX Moskvada internetni uzib qöydi - OAV

Manba: “TASS”
Moskvaning ayrim hududlarida internet uzilişi ortida Federal xavfsizlik xizmati (FXX) turibdi. Bu haqda IT bozori va hukumatdagi manbalariga tayanib, The Bell xabar berdi.

Malum qilinişiça, FXXning ilmiy-texnik bölimi internetni çeklaş talabi bilan aloqa operatorlariga murojaat qilgan. Operatorlarga internet bloklanişi kerak bölgan bazaviy stantsiyalar röyxati berilgan. Operatorlar yangi konfiguratsiyalarni qölda kiritgan, bu turli hududlarda va turli operatorlarda aloqa sifati farqlanişiga sabab bölgan.
The Bell suhbatdoşlarining takidlaşiça, qaror “yuqoridan tuşirilgan”. Hukumatning özida ham bu qarorning sabablari haqida aniq malumot bölmagan. Rasmiy asos sifatida esa “tahdidlarga qarşi kuraş” körsatilgan.


“FXX ilmiy-texnik xizmatidan qaysi hududlarda internetni öçiriş kerakligi belgilangan xarita kelib tuşdi. Şu bilan birga, huquq-tartibot idoralari xodimlari bu ularning qarori emasligiga işora qilgan, ularga ham yuqoridan buyruq tuşirilgan”, dedi manbalardan biri.
Suhbatdoşlardan biri körgan xaritaga köra, uzilişlar deyarli butun Moskva markazini Sadovoye halqa yöligaça, şuningdek, şimol, şarq va janubdagi ayrim hududlarni qamrab olgan.

Şuningdek, internetni öçiriş “Yujniy port“, tozalaş inşootlari, “Losiniy ostrov” boğining janubi-ğarbiy qismi (Prezident boşqarmalari şifoxonasi atrofi) va Krasnogorsk yaqinidagi “SberSiti” quriliş hududini qamrab olgan. Uşbu nuqtalarning kamida ikkitasi ilgari OAV tomonidan havo hujumidan mudofaa tizimi örnatilgan hudud sifatida qayd etilgan. Biroq Moskva mudofaa tizimi mavjud boşqa nuqtalarda uzilişlar qayd etilmagan.

Moskvadagi şatdaun mart oyi boşida boşlangan. Avvalgi çeklovlardan farqli ölaroq, rasmiylar deyarli heç qanday tuşuntiriş bermagan. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov “xavfsizlik çoralari” deyiş bilan çeklangan. 24 mart kuni poytaxtning markaziy tumanlarida mobil internet kutilmaganda qaytdi.

Top10VPN malumotlariga köra, 2025 yil oxiriga kelib, Rossiya 146 millionga yaqin odamga tasir körsatgan uzilişlar davomiyligi (37 166 soat) böyiça dunyoda yetakçiga aylandi. Biroq 2026 yil martigaça Moskva odatda bu kabi çeklovlar doirasidan çetda qolgan edi. The Bell manbalariga köra, endilikda bu imkoniyat oçilgan va yaqin vaqt içida takroriy uzilişlar yana yuz berişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: