Eron harbiylari AQŞ “özi bilan özi” muzokara olib borayotganini aytdi
25-03-2026, 20:18
146 марта

Eron harbiylari AQŞ “özi bilan özi” muzokara olib borayotganini aytdi
Tramp ehtimoliy kelişuvlar böyiça Eron bilan muzokara olib borilayotganini aytgandi. Islom inqilobi qöriqçilari korpusini bunga javoabn AQŞ “özi bilan özi muzokara ötkazayotgani”ni taʻkidladi. Bu bayonot AQŞ Tehronga muhokama uçun 15 banddan iborat reja yuborgani haqidagi xabarlar fonida yangradi.
“Içki kuraşingiz darajasi (AQŞ nazarda tutilgan) özingiz bilan özingiz muzokaralar olib boriş bosqiçiga yetdimi? Bizga öxşaganlar sizdaylar bilan heç qaçon çiqişa olmaydi. Oldin ham aytganimizday... siz bilan heç kim kelişa olmaydi. Nafaqat hozir, balki heç qaçon”, dedi Eron qöşma qömondonligi boş vakili Ibrohim Zulfiqoriy Eron davlat televideniyesi efirida.
Eron rahbariyati avval ham AQŞ bilan muzokara olib borilmasligini aytgandi. Sababi Vaşington sönggi ikki yil içida oliy darajadagi muzokaralarda Eronga ikki marta hujum qilgani taʻkidlangan.
“Eron Amerika diplomatiyasi böyiça juda yomon tajribaga ega”, degan Eron taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Baqoiy.U Vaşington bilan heç qanday muloqot yoki muzokara olib borilmagani, çunki Eron mamlakatni himoya qilişga eʻtibor qaratganini aytgan.
Tramp 24 mart kuni Oq uyda jurnalistlarga AQŞ Erondagi “töğri odamlar” bilan uruşni tugatiş böyiça “muzokaralar” olib borayotganini aytdi. U eronliklar kelişuvga erişişni “juda xohlayotganini” qöşimça qildi.
25 mart kuni mazkur bayonotlar ortidan aktsiyalar kötarilib, neft narxi tuşdi. The New York Times gazetasi 24 mart kuni Vaşington Eronga Yaqin Şarqdagi uruşni tugatiş böyiça 15 banddan iborat reja yuborgani haqida xabar berdi.
Isroillik manbalar AQŞ bu rejani muhokama qiliş uçun bir oylik öt oçişni töxtatişni sörayotganini taʻkidladi.
Reja Eron yadroviy dasturini, “Hizbulloh” kabi proksi-guruhlarni qöllab-quvvatlaşni töxtatiş va Hormuz böğozini qayta oçişni öz içiga oladi, deya xabar berdi isroillik manba.AQŞ va Isroil 28 fevral kuni Eron yadroviy dasturi böyiça muzokaralarda natija bölmaganini vaj qilib, Eronga zarbalar berdi. Muzokaralarda vositaçi bölgan Ummon esa aksinça, sezilarli yutuqlar bölganini aytdi. 2025 yil iyun oyida ham AQŞ Eronning yadroviy obektlariga hujumlar qilgandi.
28 fevral kuni AQŞ “Epik ğazab” operatsiyasini boşladi, hujumlarda Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy halok böldi. Eron AQŞ va Isroil hujumlarga javoban ularning obektlariga, şuningdek, Fors körfazi davlatlarining energetika infratuzilmasiga zarbalar yölladi. Dunyodagi neft va suyultirilgan gazning beşdan bir qismi ötadigan Hormuz böğozini amalda yopib qöydi. Bu esa neft narxining global oşişiga olib keldi.
Eron BMT Xavfsizlik kengaşi va Xalqaro dengiz taşkilotiga “duşman bölmagan kemalar” Eron rasmiylari bilan kelişgan taqdirda Hormuz böğozidan ötişi mumkinligini aytdi.
Eng katta zarbani Osiyo mamlakatlari sezmoqda, ular Hormuz orqali ötadigan neftning 80 foizidan ortiğini sotib oladi. Hukumatlar yoqnilği tanqisligiga qarşi masofaviy işlaş, rağbat paketlari kabi çoralarni joriy qilmoqda. Bazi davlatlar hatto maktablarni yopib, dam oliş kunlarini elon qilgan.