Rossiya Ukrainaga bir keça-kunduzda qariyb mingta dron uçirdi
25-03-2026, 20:20
191 марта

Rossiya Ukrainaga bir keça-kunduzda qariyb mingta dron uçirdi
Ukraina rasmiylarining malum qilişiça, Moskva tungi vaqtda 400 ga yaqin uzoq masofaga uçuvçi dron va 23 ta qanotli raketa uçirgan. Şundan söng, seşanba kuni kunduzgi vaqtda kutilmaganda yana 556 ta dron bilan mamlakat ğarbidagi şaharlarga zarba berilgan.
Bu keng kölamli bosqin boşlanganidan (tört yildan ortiq vaqt) buyon amalga oşirilgan eng yirik havo hujumlaridan biri sifatida baholanmoqda.
Rossiya droni Lvov viloyatining YuNESKO röyxatiga kiritilgan tarixiy markazidagi XVI asrga oid Bernardin monastiriga zarba bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda kamikadze-dronning gavjum köçaga kelib urilişi aks etgan daxşatli kadrlar tarqaldi. Prezident Vladimir Zelenskiy hujumlar oqibatida mamlakatning 11 ta viloyatiga zarar yetkazilganini aytdi.